14
Ko’makchi fe’llar.
Ravishdoshning -a//-y, -(i)b shakllariga qo’shilib, o’z mustaqil ma’nolarini
yo’qotgan, asosdan anglashilgan harakatning bosqichlari (boshlanishi, davom
etishi, tugallanishi) va tarzi (tezligi, imkoniyati)ni bildiruvchi boshlamoq, olmoq,
yubormoq, turmoq, chiqmoq singari fe’llar ko’makchi fe’llar hisoblanadi.
Ko’makchi fe’lni qabul qiluvchi ravishdosh yetakchi fe’l hisoblanadi. Ko’makchi
fe’l faqat yetakchi fe’l bilan birgalikda qo’llaniladi. Ana shu xususiyati bilan
mustaqil qo’llanuvchi olmoq (xatni olmoq), tugatmoq (o’qishni tugatmoq), turmoq
(o’rnidan turmoq), tashlamoq (qog’oz tashlamoq) fe’llaridan farq qiladi.
Ko’makchi fe’lning ma’nolari.
Ravishdoshning
-a//-y shakliga qo’shiluvchi
boshlamoq
ko’makchi fe’li
harakatning boshlanishi, olmoq ko’makchi fe’li esa harakatni bajarishga imkoniyat
mavjudligi ma’nosini ifodalaydi. Yutmoq, yurmoq, turmoq ko’makchi fe’llari
ravishdoshning -(i)b shakliga qo’shilib, harakatning davomiyligini bildiradi.
Yubormoq, tashlamoq, qo’ymoq ko’makchi fe’llari harakatning tez va oson
bajarilishini
ifodalaydi.
Chiqmoq
ko’makchi
fe’li
harakatning
to’la
yakunlanganligini bildiradi.
Nisbat va bo’lishsizlik shakllari yetakchi fe’l tarkibida ham, ko’makchi fe’l
tarkibida ham kelishi mumkin, Zamon, shaxs-son qo’shimchalari faqat
ko’makchi fe’llarga qo’shiladi.
Ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi
O’qib chiqdi – o’qigan lekin chiqmagan
Asosiy ish o’qish, shuning uchun o’qish yetakchi fe’l, chiqdi – ko’makchi fe’l
Haraktni bosqichlari 3 ta:
1. Kirishish
–
o’qiy boshladi
2. Davomiyligi
–
o’qib yotib/turib/yuribdi
3. Tugashi
–
o’qib chiqdi
Harakatni tarzi 2 ta:
1.Imkoniyat
Do'stlaringiz bilan baham: |