6-sinf 1-bilet qadimgi Misr davlati. Xeroniya ostonasidagi jang haqida ma’lumot bering


Download 480.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/50
Sana19.04.2023
Hajmi480.56 Kb.
#1365921
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Bog'liq
imtixon javoblari 6 sinf tarix

 
6-BILET  
1. Salavkiylar davlati haqida ma’lumot bering.
2. Zardushtiylik dinining vujudga kelishi.
1. Miloddan avvalgi 323-yil 13-iyunda Makedoniyalik Aleksandr vafot etdi. U yaratgan 
imperiya uch qismga: Makedoniya, Misr va Suriyaga bo`linib ketdi. Bu davlatlar 
Aleksandrning eng yaqin lashkar boshilari tomonidan boshqarilgan. 
Uzoq davom etgan o`zaro urushlardan keyin, miloddan avvalgi 312-yilda 
Makedoniyalik Aleksandrning lashkarboshilaridan biri Salavka Bobil (Mesopotamiya) 
davlati hukmdori bo`ldi. Salavka davlati tarkibiga Mesopotamiya, Eron, Parfiya, 
Baqtriya, Sug`diyona, Marg`iyona kirar edi. 
O`z davlati tarkibiga kirgan O`rta Osiyoni Salavka satrapliklarga bo`ldi, ularning har 
biriga satrap hukmronlik qilar edi. Davlat mudofaasi va qo`shinlarni tashkil etish bilan 
sobiq lashkarboshilardan tayinlangan strateg shug`ullanar edi. 
Miloddan avvalgi 293-yilda Salavka Sharqiy viloyatlar – Parfiya, Marg`iyona, Baqtriya, 
Sug`diyona noyibi etib o`z o`g`li Antioxni tayinladi. Miloddan avvalgi 280-yilda Salavka 
vafotidan so`ng Antiox ulkan davlat hukmdoriga aylandi va 20 yilcha hukm surdi. 
Yunon-makedon istilolari tufayli izdan chiqqan turmush tarzi Sug`diyona, Baqtriya va 
Marg`iyonada asta-sekin tiklana boshladi. Bu yerlarda yangi manzilgohlar, shaharlar 
bunyod etildi, savdo-sotiq, dehqonchilik va hunarmandchilik rivojlana boshladi. Baqtra, 
Maroqand, Antiox Marg`iyonasi (Marv), Termiz yirik shahar va madaniyat markazlariga 
aylandi. 
Yunon-makedon istilolaridan keyin O`rta Osiyo viloyatilari tarixida antik yoki ellinistik 
davr boshlandi. Bu yurishlar pirovardida G`arb va Sharq O`rtasida madaniy munosabatlar 
va almashinuv kengayishiga olib keldi. Baqtriyada yunon yozuvi, yunon og`irlik o`lchov 
birliklari, pul munosabatlari, hunar-mandchilik va san`at buyumlari tarqaldi. 
Ellinlashtirish – sharqda yunon madaniyati tarqalishi va aralash madaniyat – yunon 

Download 480.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling