6-sinf. Botanika 7-dars: gul


Download 179.84 Kb.
bet40/53
Sana13.10.2023
Hajmi179.84 Kb.
#1701498
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
Bog'liq
6-sinf. Botanika 7-dars gul-fayllar.org

Gk0,(5) Gt(5) Ch5 U1
20.10. Qoqio‘tdoshlar (murakkabguldoshlar) oilasi

Oila vakillari: Bo`tako`z, bo`ztikan, moychechak, paxta tikan, qarg`ako`z, qo`ytikan, Andiz, bo`yimadoron, bo`znoch, boshog`riqo`t, dastargul, shuvoqlar, kartoshkagul, kungaboqar, qo`qongul, tirnoqgul, Kakra, karrak, maxsar, qarg`atirnoq, qoqio`t, sachratqi, takasaqol
Bu oila gulli o‘simliklar ichida eng kattasi hisoblanadi. U deyarli hamma qit’alarda va turli-tuman ekologik sharoitlarda o‘sadigan 920 turkumga mansub 19 000 turni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekistonda bu oilaga mansub 137 turkumga oid 597 tur o‘simlik o‘sadi.
Qoqio‘tdoshlarning ko‘p turlari bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar bo‘lib, ularning juda kam qismini yarim butalar tashkil etadi. Faqat tropik mintaqalarda unga oid buta, liana va daraxtlar o‘sadi.
Bu oila vakillarining barglari oddiy, ildiz bo‘g‘zida to‘planib yoki poyada asosan ketma-ket, ba’zan qarama-qarshi va halqa bo‘lib joylashgan. Barg yaprog‘i butun, ba’zan patsimon bo‘lingan, shakli har xil.
Qoqio‘tdoshlarning muhim belgisi to‘pgullarining savatcha shaklida bo‘lishidir. Savatcha sirtdan bir yoki bir necha qator, turli shakldagi o‘rama bargchalar bilan qoplangan. Savatcha bir gulli yoki ko‘p gulli bo‘lishi mumkin.
Qoqio‘tdoshlarning ko‘pchiligida savatchalar o‘z navbatida shingil, ro‘vak, qalqon va boshcha to‘pgullarga o‘rnashib murakkab to‘pgul hosil qiladi.
Gulkosachabargi, tojbarg va changchilari 5 tadan. Gulkosachasi har xil tuzilgan, juda qisqarib ketgan. Ba’zi vakillarida kosachasi pardasimon, 5 tishli o‘simta shaklida. Gultoji tutash gultojbargli, to‘g‘ri yoki qiyshiq.
Qoqio‘tdoshlar oilasi asosan gul tuzilishiga qarab 2 ta oilachaga bo‘linadi.

Birinchi (suttikandoshchalar) oilachaga to‘pguli asosan tilsimon gultojbarglardan tashkil topgan turlar kiradi, Unga O‘zbekistonda keng tarqalgan qoqio‘t, karrak, sachratqi, qarg‘atirnoq, takasoqol, maxsar, kakra kabi turkumlarning turlari kiradi.
Dorivor qoqio‘t ko‘p yillik o‘t. Uni vohalardagi o‘simlik o‘sa oladigan har qanday yerda uchratish mumkin. Poyasi juda kalta. Barglar orasidan chiqqan uzun gulbandlarning har biri uchida o‘rama barglar va tilla rangli gullar yig‘indisidan tashkil topgan bittadan savatchaga (to‘pgul) o‘rnashgan. Savatchadagi hamma gullar ikki jinsli, tilsimon gullardir. Qoqio‘tlarning mevasi doncha. Uning uchida o‘rnashgan popukchasi bor.
O‘zbekistonda qoqio‘t turkumiga mansub 26 tur o‘simlik o‘sadi. Qoqio‘tlar dorivor o‘simlik sifatida juda qadrlanadi.
Yozning o‘rtalaridan boshlab vohalardagi ekinlar orasida, yo‘l yoqalari va ariqlar bo‘yida mazkur oilacha vakillaridan biri zangori sachratqi gullaydi. U sachratqi turkumining O‘zbekistonda o‘sadigan yagona turi hisoblanadi. Sachratqining savatchasidagi hamma gullar zangori rangli, ikki jinsli, tilsimon bo‘ladi.
Sachratqi dorivor o‘simlik. Uning ildizi, barglari va gullagan paytda poyasidan tayyorlangan dorilar oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

Ikkinchi (moychechakdoshlar) oilacha to‘pgulining aksariyat qismini naychasimon gullar tashkil etadi. Faqat ayrim turlarda savatchaning atrofida soxta tilchasimon yoki voronkasimon gullar bo‘ladi. Bu oilachaga O‘zbekistonda keng tarqalgan shuvoq, tirnoqgul, kungaboqar, bo‘znoch, andiz, bo‘yimodaron kabi turkumlarning turlari kiradi. Turlarga boyligi jihatidan shuvoq turkumi oilachada alohida o‘tinda turadi.


Download 179.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling