Mashqlar bajarish
1- mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘yib, matnni ko‘chiring.
1. O‘zbekistonda yoz juda ... bo‘ladi. 2. Kuz kelganda havo ... bo‘ladi. 3. Faqat yozda emas, kuzda ham pishadigan ..., ... bor. 4. Kech kuzga borib daraxtlar bargi ... va ... . 5. ... issiq o‘lkalarga ... ketadi.
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : sovuq, salqin, issiq, mevalar, sabzavotlar, to‘kiladi, sarg‘ayadi, uchib, qushlar.
2- mashq. Gaplarni o‘qing. -dilar, -sinlar qo‘shimchalarini olgan so‘zlarni topib, daftaringizga ko‘chiring.
1. Kuzgi ishlar boshlandi. 2. Dehqonlar hosilni yig‘ish uchun dalaga chiqdilar.
3. Hamma qishga tayyorgarlik ko‘radi. 4. Odamlar tarnov va mo‘rilarni tozalaydilar.
5. Hasharchilar kuzgi ishlarda qatnashsinlar.
Lug’at ishi
Mustahkamlash
Matn ustida ishlash
Uyga vazifa 3-topshiriq. „Oltin kuz“ she’rini yod oling.
Dars yakuni
4-sinf Sana
Mavzu Kuzgi ishlar
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish. Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
Tarbiyaviy: Dehqonlar mehnatini qadrlash, farovon hayotimizni asrab-avaylash zarurligini o’quvchilar ongiga singdirish
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya Mavzu yuzasidan hosil qilingan bilim, ko’nikma, malakalarini kundalik hayotda qo’llay olish kompetentligi rivojlantiriladi
Dars metodlari: interfaol,hamkorlik metodi, aqliy hujum, klaster
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2 daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10 daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10 daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10 daq
5.Adabiy o’qish 10 daq
6.Mavzu yakuni.- 3 daq
Do'stlaringiz bilan baham: |