Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash
Yangi mavzu bayoni
Hisobni bildirgan so‘zlar o‘zidan oldingi sanoq son bilan birga qancha? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
M a s a l a n : Bog‘bon bir yashik (q a n c h a ?) nok keltirdi.
1- mashq. Qavs ichidagi so‘zlardan mosini qo‘yib, gaplarni ko‘chiring.
1. Bog‘da besh (metr, tup) ko‘chat o‘stirdik. 2. Shu bog‘dan besh (yashik, dona) olma terishdi. 3. Uzumzor katta emas, maydoni uch (gramm, gektar) edi. 4. Yangi bog‘dan mehmonlarga ikki-uch (yashik, kilogramm) ol-
bir piyola choy, olti kilogramm gilos. ma, besh-olti (dona, hovuch) anor keltirishdi. 5. Uyimizdan yuz (nafar, metr) narida katta bog‘ bor.
Rasm ustida ishlash.
Rasmdagi mevalar nomini yozing. Hisobni bildiruvchi so‘zlarni qo‘llab, so‘z birikmalari tuzing.
N a m u n a : Ikki bosh uzum..
Topishmoqlarni o‘qing va javobini toping.
1. Mayda, yoqutday qizil,
Shirin, nordon, xilma-xil.
Qalin, taxir po‘sti bor,
Hamma yerda do‘sti bor.
2. Marjon-marjon, yumaloq,
Yaproqlari shapaloq.
Qora, qizil, sariq, oq,
Yeb ko‘rmasdan o‘ylab top.
3. Ko‘k tugmacha, pishsa sariq,
Shirin-shakar: ichi tariq.
4. U yog‘i tog‘, bu yog‘i tog‘,
O‘rtasida sariyog‘.
Mustahkamlash
Mashqlar bajarish
She’r ustida ishlash
LUG‘AT
ahd qilib- Nihol- ko‘chat-
havas- poyandoz.
Uyga vazifa. 3- topshiriqdagi she’rni yod oling.
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |