19. Q harfi to’g’ri yozilgan so’zni toping
A. Qo’zichoq B. Qo’shiq S. Kurilish
20. X harfi noto’g’ri yozilgan so’zlarni toping
A. Xona, xizmat B. Ixcham, oshxona S. Ishtaxa, xurmat
2- chorak
4-sinf Sana
Mavzu Kuzgi ishlar
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish. Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.
Tarbiyaviy: Dehqonlar mehnatini qadrlash, farovon hayotimizni asrab-avaylash zarurligini o’quvchilar ongiga singdirish
3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.
Kompetensiya Mavzu yuzasidan hosil qilingan bilim, ko’nikma, malakalarini kundalik hayotda qo’llay olish kompetentligi rivojlantiriladi
Dars metodlari: interfaol,hamkorlik metodi, aqliy hujum, klaster
Dars rejasi:
1.Tashkiliy qism- 2 daq
2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10 daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10 daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10 daq
5.Adabiy o’qish 10 daq
6.Mavzu yakuni.- 3 daq
Darsning borishi.
Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.
O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash
Yangi mavzu bayoni
Rasm asosida ishlash Venn diagrammasi asosida yoz va kuz fasllarini taqqoslash
Grammatik mavzuni tushuntirish Ish – harakatning boshqalar tomonidan bajarilishi, ya’ni 3 shaxs ko’plik –lar, -dilar,-sinlar qo’shimchalari bilan ifodalanadi
S va h harflarining birikishidan hosil bo’lgan sh undoshi tilning oldingi qismidan sirg’alib chiqadi va yumshoq talaffuz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |