Yangi mavzu bayoni
Grammatik mavzuni tushuntirish
Narsa belgisini bildirgan so‘zlar q a n d a y ? , q a n a q a ? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
Masalan: qizil olma, shirin kulcha.
To‘g‘ri talaffuz qiling.
Arzon mahsulot Katta bozor Sifatli quruq meva Shirin qovun
Mazali shirinliklar Shirin uzum Nordon anor Pishgan tarvuz
Matn bilan ishlash
Lug’at ishi
mahsulot – quruq meva – ho‘l meva – rasta – sotuvchi – xaridor –
BOZOR
Bozor savdo-sotiq qilinadigan maydon. Bozorlar, asosan, shahar markazida joylashgan. U yerda odamlar mahsulotlarini sotadilar va ovqatlanib, hordiq
chiqaradilar. Bozorda har xil mahsulotlar uchun rastalar ajratilgan bo‘ladi. Bozorga borganingizda ho‘l mevalar, quruq mevalar, ziravorlar, non mahsulotlari,
qandolatchilik, hunarmandchilik rastalariga ko‘zingiz tushadi.
Mustahkamlash
Mashqlar bajarish
1- mashq. Berilgan so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing va daftaringizga yozing.
Bir bog‘ ko‘kat, narxi qancha, arzon, qimmat, necha so‘m, mahsulot, sotuvchi, xaridor, rasta.
2- mashq. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib, daftaringizga ko‘chiring.
1. O‘zbekistonda turli xil ... va ... yetishtiriladi. 2. Meva va sabzavotlar ... sotiladi.
3. Bozorga borib mahsulotning ... so‘raymiz. 4. Rastalardagi ... narxi bilan ... ham
e’tibor beramiz. 5. Bozorda yurganimizda ... bo‘lishimiz kerak.
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : xushmuomala, meva, sabzavotlar, sifatiga, narxini, intizomli, odobli, maxsus rastalarda, mahsulotning.
Uyga vazifa Matn tuzish
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi.
4-sinf Sana
Mavzu Bozorda. Nima qiladi? Nima qilyapti? Nima qilmoqchi? so’roqlari
Do'stlaringiz bilan baham: |