6-sinf Sana


Mavzu Maktab oshxonasi. Nima? Nimani? Nima qilasiz? so’roqlari


Download 0.54 Mb.
bet43/72
Sana03.01.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1076435
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72
Bog'liq
4-синф дарс ишланма

Mavzu Maktab oshxonasi. Nima? Nimani? Nima qilasiz? so’roqlari
Dars maqsadlari:
1.Ta’limiy: o’quvchilarning og’zaki va yozma savodxonligini oshirish. Mavzuga oid faol so’zlar ni o’zlashtirish va amalda qo’llash.


Tarbiyaviy: O’quvchilarda jamoat joylarida o’zini tutish axloqiy qonun-qoidalarini shakllantirish


3.Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mantiqan fikrlash malakasi kompetensiyasini rivojlantirish.


Kompetensiya: Dars jarayonida olgan bilim, ko’nikma, malakalarini hayotda qo’llay olish kompetensiyasini shakllantirish


Dars metodlari: klaster metodi, aqliy hujum,
Dars rejasi:

1.Tashkiliy qism- 2daq


2..O’tilgan mavzuni takrorlash-10daq
3.Grammatik mavzuni bayoni.-10daq
4.Mustahkamlash mashqlari.-10daq
5.Adabiy o’qish10-daq
6.Mavzu yakuni.-3-daq


Darsning borishi.


Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni va o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Darsning maqsad va vazifalari bilan o’quvchilarni tanishtirish.


O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash
Yangi mavzu bayoni
Lug’at ishi
sharbat – mastava – sho‘rva – chuchvara – manti – shirin – qovurdoq – ichamiz – ovqatlanamiz – palov – mazali – yeymiz –
Matn bilan ishlash
MAKTAB OSHXONASI
Bu maktab oshxonasi. Oshxonamiz keng, yorug‘ va chiroyli. Biz har kuni shu yerda ovqatlanamiz. Oshpazimiz Adiba opa juda mazali taomlar tayyorlaydilar. Nonushtaga issiq somsa, tuxum va shirin choy bo‘ladi. Tushlikka qovurdoq, palov, sho‘rva, mastava, chuchvara kabi taomlar tayyorlanadi. Bugun tanaffusda do‘stim Aziz bilan birga tushlik qildik. Men qovurdoq va choy oldim. Aziz palov va sharbat oldi. Taom juda mazali ekan.
Mustahkamlash
OSHXONADA
Pishiray deb shirguruch,
Nonushtaga – azonda.
Dadam keltirgan sutni
Oyim soldi qozonga.
Qarab tursam, chiqmoqchi
U qozonning ichidan.
Qaymog‘i vijirlagach,
Shoshilib qoldik chindan.
Bolalar olov bilan
Bo‘lmas ekan o‘ynashib,
Shuncha hushyor bo‘lsak ham
Sutimiz ketdi toshib.
Abdurahmon Akbar

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling