O’tilgan mavzuni takrorlash
Uy vazifasini so’rash va baholash.Grammatik mavzu bo’yicha savol-javob o’tkazish.Yangi so’zlarni takrorlash
Yangi mavzu bayoni
Grammatik mavzuni tushuntirish
O‘zbek tilida narsalarning rangini ifodalashda oq, yashil, ko‘k, sariq, qizil, qora kabi sifatlar ishlatiladi. Rang-tus bildiruvchi bu sifatlar otlar
bilan „sifat + ot“ qolipida bog‘lanadi. Masalan: Do‘kondan oq ko‘ylak sotib oldim. Sizga qizil palto yoqdimi?
Matn bilan ishlash
KIYIM DO‘KONIDA
Ko‘chamizda yangi kiyim do‘koni ochildi. Dadam, onam va men do‘konga bordik. Do‘konning ichi keng va yorug‘ ekan. Do‘konda turli milliy va
zamonaviy ko‘ylaklar, shim, palto va kastumlar juda ko‘p. Avval onam ko‘ylak tanladilar. Ko‘k ko‘ylak onamga yarashdi, u oq yoqali, chiroyli edi. Dadam
qora shim sotib oldilar. Menga oq ko‘ylak va qora shim olib berishdi. Do‘kon menga juda yoqdi.
Lug’at ishi
ko‘chamizda – sariyog‘ – turli – shirinliklar –
sotib olmoq – qaytim – yo‘qotmay –
shirinliklar – sotib olmoq – qaytim – yo‘qotmay –
Mustahkamlash
1- mashq. Nuqtalar o‘rniga berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib gaplarni ko‘chiring.
1. Kiyim do‘konida iðak ... ko‘p. 2. Sizga ... kiyim yarashadi. 3. Dugonam qishda boshiga ... qalpoq kiyadi. 4. Oybek ... palto kiyishni yoqtiradi.
5. Menga ... rangli ... paypoq bering.
F o y d a l a n i s h u c h u n s o ‘ z l a r : ko‘k rangli, to‘rli, jun, qora, qizil, ko‘ylaklar.
Mashqlar bajarish
Mustaqil ish. Partadoshingiz kiyimlarining rangi to‘g‘risida namunadagidek gaplar tuzing.
N a m u n a : Bobur oq ko‘ylak va qora kastum kiygan.
Uyga vazifa Qanday do‘konlarni bilasiz? 3 – 4 ta gap tuzing.
Dars yakuni Darsda faol qatnashgan o’quvchilar baholanib, darsga yakun yasaladi
4-sinf Sana
Do'stlaringiz bilan baham: |