60. Пўлат қуймалар олиш жараёни қандай тартибда олиб борилади?
Рангли металлар мис ва улар қотишмаларини ишлаб чиқариш усулларини ёзиб беринг?
Download 436.22 Kb.
|
Javoblar 60-80 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 69. Металлар қандай усуллар билан болғаланади
68.Рангли металлар мис ва улар қотишмаларини ишлаб чиқариш усулларини ёзиб беринг? Mis va uning asosiy xossalari. Sof mis qizg’ish rangli, choʻzi- luvchan, qovushoq metalldir. Erish harorati 1083 °C, solishtirma og’irligi 8,93 g/sm’.Mis o’zidan issiqlikni va elektr tokini juda yaxshi o’tkazadi (bu jihatdan olganda, mis faqat kumushdan keyingi o’rinda turadi). Misning solishtirma elektr qarshiligi 0,0175 Om mm²/m. Mis korroziyaga juda yaxshi qarshilik ko’rsatadi, chunki misda dastlab hosil bo’ladigan nihoyatda yupqa oksid pardasi (bu parda misga qoramtirroq tus beradi) uni keyinchalik oksidlanishdan saqlaydi. Texnikada ishlatiladigan misning mexanik xossalari: cho’zilishga qarshiligi σ = 25 kg/mm², nisbiy cho’ziluvchanligi 6-45%, qattiq- ligi (Brinell boʻyicha) HB = 60 kg/mm². Tabiatda mis, asosan, murakkab birikmalar holida uchraydi, ammo sof holda ham uchrab turadi. Texnikada mis ishlab chiqarishda, asosan, quyidagi mis rudalaridan foydalaniladi. Mis qotishmalari. Misning rux bilan qotishmasi jez (latun) deb ataladi. Uning boshqa barcha rangli elementlardagi qotishmalari bronza deb ataladi. Jezlar misning 39 % li rux bilan hosil qilgan qotishmasi boʻlib, uning tarkibida rux 43% gacha bo’lishi kerak, undan oshsa, mustahkamligi pasayib, mo’rtligi ortadi. Jezning mexanik xossasi undagi rux miqdori bilan belgilanadi 69. Металлар қандай усуллар билан болғаланади? Qizdirilgan metallni bolg’a muhrasining zarbi yoki press muhr- sining bosim kuchi ta’sirida zarur shaklga keltirish jarayoni bolg’alath deb ataladi. Bolg’alash natijasida olingan buyum pokovka deyilad Bolgʻalashda metall (qotishma) muhralar orasidagi bo’sh joylarga o’tadi. Quyma metall bolg’alanganda metallning dendrit tuzilish (strukturasi) tola-tola tuzilishga aylanadi, prokatlangan metall bolg’a langanda esa metallning tola-tola tuzilishi bir qadar yaxshilanadi Demak, bolg’alashda metallning mexanik xossalari ortadi. Bolg’s lashda metall strukturasi va xossalarining oʻzgarishi shu metallning bolg’alanishdan oldingi strukturasi va xossalariga hamda bolg’alanish darajasiga bog’liq. Bolgʻalanish darajasi esa siqilish koeffitsiyenti bilan ifodalanadi: Asosiy uskunalarga bolg’a, turli bolg’achalar va presslar kirsa, yordamchi uskunalarga qaychilar, qizdirish pechlari, tanavorni bolg’a- lashga uzatuvchi va ko’maklashuvchi kranlar, siljitkichlar, manipulya- torlar va boshqalar kiradi. Erkin bolg’alash jarayoni quyidagi asosiy operatsiyalarni o’z ichiga oladi: 1. Cho’ktirish – tanavorning ko’ndalang kesimini bo’yi hisobiga kattalashtirish. 2. Mahalliy cho’ktirish tanavorning bir qismi ko’ndalang kesimini kattalashtirib, bo’ylama o’lchamlarini qisqartirish. 3. Cho’zish tanavorning uzunligini ko’ndalang kesimi hisobiga orttirish. 4. Mahalliy cho’zish-tanavorning ma’lum qisminigina cho’zish. 5. Yumaloqlash- tanavorga ketma-ket zarb berish yoki uni siqish yo’li bilan aylanma jism shakliga keltirish. 6. Qisman yumaloqlash tanavorni ketma-ket zarb berish yoki uni siqish yo’li bilan bir qismini yumaloqlash. 7. Teshish – tanavorning metalining bir qismini siqib chiqarish hisobiga bo’shliq hosil qilish. 8. Teshikni kengaytirish – tanavor bo’shlig’i yoki teshikning o’lchamlarini kattalashtirish. 9. Bukish – tanavorni zarb ta’sirida egish. 10. Tekislash – tanavor yuzasini zarb bilan ishlash orqali bir tekis qilish. 11. Kesish – metallning bir qismini ikkinchi qismidan ajratish va h. Bolg’alashda metallning ishlov berish uchun qoldiriladigan ortiq- cha qismi qo’yim deyiladi. Eng ko’p ishlatiladigan bolg’alar jumlasiga bug’ bolg’alari, pnev- matik, mexanik va friksion bolg’alar kiradi. Bolg’alar, asosan, o’rta o’lchamli buyumlarni, presslar esa yirik buyumlarni hosil qilish uchun ishlatiladi. Lekin, bolg’alar va presslarning asosiy harakatlanuvchi ishchi organlari va qo’zg’almas qismlari bir xilda boʻladi
Download 436.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling