60. Пўлат қуймалар олиш жараёни қандай тартибда олиб борилади?
Чуян маркалари ва уларнинг тарифлари?
Download 436.22 Kb.
|
Javoblar 60-80 (1)
70. Чуян маркалари ва уларнинг тарифлари? Cho’yan temir (92 % gacha), uglerod (2,14 % dan 5 % gacha) hamda kremniy (4,3 % gacha), marganes (2 % gacha), oltingugurt (0,07% gacha), fosfor (1,2% gacha) aralashmalaridan tashkil topgan qotishmadir. Cho’yanda uglerod ikki xil ko’rinishda: grafit ko’rinishida-erkin holatda, temir bilan kimyoviy birikkan Fe,C holatda – sementit ko’rinishida bo’ladi. Agar cho’yandagi uglerod butunlay yoki qisman grafit ko’rinishida bo’lsa, sindirilgan yuzasi kulrang bo’ladi, shuning uchun kulrang cho ‘yan deb yuritiladi. Basharti, sindirilgan yuzasi oq bo’lsa, og cho ‘yan deb ataladi. Kremniy kulrang cho’yan, marganes esa oq cho’yan olish imkonini beradi. Oltingugurt va fosfor zararli aralashmalar bo’lib, oltingugurt cho’yanga mo’rtlik bersa, fosfor mot qilish bilan birga uning quyilish, suyuq holda oquvchanlik xossalarini yaxshilaydi. Kulrang va oq choʻyanlar xossalariga ko’ra bir-biridan keskin farq qiladi. Oq cho’yanlar juda qattiq va mo’rt bo’lib, ularga asboblar bilan ishlov berish qiyin. Oq cho’yan asosan po’lat olish uchun ishlatiladi, shuning uchun ular qayta ishlanuvchan cho yan deb ataladi. Oq cho’yannning bir qismi bolg’alanuvchan cho’yan olishga sarflanadi. Kulrang cho’yanlarning quyilish xossalari yaxshi yumshoq, asboblar bilan yaxshi ishlov berish mumkin, yeyilishga yaxshi qarshilik ko’rsata oladi, shuning uchun ular quymakorlik cho ‘yanlari deb ataladi. Tarkibida 0,3 1,2 % fosfor bo’lgan choʻyanlar suyuq holda oquvchan boʻlganligidan nafis quymakorlikda ishlatiladi. Kulrang cho’yan korxonalarga quymalar ko’rinishida keltiriladi, u mustahkam va qattiq bo’ladi. DS 4832-86 ga muvofiq kulrang cho’yan quymalarining quyidagi markalari belgilangan: Cч 00; Cч 120; Cч 150; Cч 180; Cч 210, Cч 240; Cч 280; Cч 320; Cч 360; Cч 400; Cч 440 va boshqalar. Cч harflari kulrang cho’yan (cepый чугун) ekanligini, harflardan keyingi turgan raqamlar mustahkamlik chegarasini (MPa) bildiradi. Cч 00 choʻyani sinab ko’rilmaydi, u muhim bo’lmagan detallami tayyorlashda ishlatiladi. C4 120-C4 210 markali cho`yanlar guruhi mustahkamligi uncha yuqori boʻlmagan cho`yanlarga kiradi. Ular quvur, fitinglar, halqalar tayyorlashda ishlatiladi; ularning qattiqligi 143-231 HB ga teng. Cч 240 va C4 440 markali cho’yanlari mustahkamligi yuqori choʻyanlarga kiradi, ularning qattiqligi 170-260 HB bo’lib. Staninalar, shtamplar, maxoviklar tayyorlashda ishlatiladi. O’ta qattiq va mustahkam cho’yanlarga C4 550 – C4 650 cho’yanlari kiradi Ulardan juda muhim buyumlar, chunonchi shesternya, rama va hokazalar kiradi.
Download 436.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling