60. Пўлат қуймалар олиш жараёни қандай тартибда олиб борилади?


Пулат ишлаб чиқариш усулини ёзиб беринг?


Download 436.22 Kb.
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi436.22 Kb.
#1603132
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Javoblar 60-80 (1)

71. Пулат ишлаб чиқариш усулини ёзиб беринг? Po’lat mashinasozlikda ishlatiladigan muhim materialdir. Cho’yan- dan farqli ravishda poʻlatda uglerod va zararli aralashmalar kamroq boʻladi. Shuning uchun po’lat olish jarayoni mazkur elementlar miqdorini kamaytirishdan iborat. Kislorodli-konvertor, marten pechlari va elektr pechlar poʻlat ishlab chiqarishning asosiy usullari hisoblanadi. Bunday suyuqlantirish muhim mashina detallari va asboblar tay- yorlash uchun yuqori sifatli po’lat olishning muhim usuli hisoblanadi. U marten va kislorodli konvertor usullariga qaraganda qator afzal- liklarga ega. Issiqlik jarayonini oson rostlash mumkin. Elektr energiyasi miqdorini o’zgartirib pechning haroratini rostlash mumkin. Bundan tashqari, oksidlantiruvchi yoki qaytaruvchi atmosfera, hatto vakuum hosil qilish mumkin. Elektr pechda po’latni legirlash oson, oltingugurt va fosforni to’laroq chiqarib yuborish, yaxshiroq oksidsiz- lantirilgan po’lat olish imkoni bor. Elektr pechlarning induksion va elektr yoy xillari bo’ladi. Elektr yoy pechlari ko’proq tarqalgan. Ular uch fazali o’zgaruvchan tok bilan ishlaydi. Ularda tik joylashgan uchta elektrod boʻlib, ular bilan metall o’rtasida elektr yoyi paydo boʻladi. Pechda ajraluvchan gumbaz, ish darchasi va quyish novi bo’lgan chiqarish teshiklari bor. Elektr pechlarda po’lat olish uchun metall parchalari, legirlangan chiqindilar hamda poʻlatni uglerodlantirish maq- sadida ozgina qo’shiladigan qayta ishlanuvchi cho’yan xomashyo vazi- fasini o’taydi. Shlak hosil qilish uchun ohaktosh, yangi kuydirilgan ohak ishlatiladi. Pechga xomashyo solin- gach, elektrodlar pastga tushiriladi va tok ulanadi, 3500 °C issiqlik bera- digan elektr yoyi hosil boʻladi, mate- rial suyuqlana boshlaydi. Suyuqlanish jarayonida kremniy, marganes va fosfor oksidlanib, flyuslar bilan birikadi va shlakka aylanadi, shlak esa Elektr yoyli pech to’kib tashlanadi. Shundan so’ng poʻlat uglerodlanadi va oksidsizlan- tiriladi. Keyin zararli aralashmalar chiqarib tashlanadi, oltingugurtni chiqarib tashlash uchun pechga yana flyus kiritiladi. Suyuqlantirish oxirida poʻlat uzil-kesil oksidsizlantiriladi va tarkibi zarur darajaga yetkaziladi. Suyuqlantirish jarayoni pech sig’imiga qarab 2,5-8 soat davom etadi. 72. Металлар қандай усуллар билан штампланади? Shtamplash deb, maxsus shtamplar yordamida bosim bilan ishlov berib murakkab shaklli buyumlar olish usulini aytiladi. U quyidagi turlarga boʻlinadi 1. Qizdirib shtamplash. Tanavomi qizdirib, maxsus shtamplarda Shtamplarda shtamplab pokovkalar deb yuritiladigan buyumlar olinadi. 2. Portlatib shtamplash. Bunday shtamplashda suyuqlik yoki gaz bosimidan foydalaniladi, tanavor shu bosim ostida matritsa shaklini oladi.3. Elektr gidravlik shtamplash. Bunday shtamplash portlatib shtamplashga o’xshash bo’lib, zarb to’lqini suyuqlikda hosil qilingan elektr razryadi bilan yuzaga keltiriladi.4.Sovuqlayin shtamplash. Ko’plab ishlab chiqarish sharoitida po’latdan, rangli metallar va ularning qotishmalaridan turli metall detallar ishlab chiqarishda shu usuldan foydalaniladi. Shtamplashda hosil qilinadigan buyumlar (detallar) xalq xo’ja ligining turli sohalarida juda keng ishlatiladi. Hajmiy shtamplashnit mohiyati shundan iboratki, tanavordan ma’lum shaklli buyum (po- kovka) hosil qilish uchun metall asbobning shu buyum shakliga mos bo’shlig’iga suyuq metall bosim ostida to’ldiriladi. Shtamplash uchun ishlatiladigan asosiy asbob shtamp plitalari hisoblanib, ikki (ostki va ustki) palladan iborat. Shtamplar ochiq va yopiq bo’lishi mumkin. Shtamplar maxsus poʻlatlardan tayyorlanadi va bir ariqcha (paz) li yoki ko’p ariqchali (ko’p pazli) shaklda boʻladi

Download 436.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling