65Ыё7333333333333333000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga


Download 0.8 Mb.
bet40/128
Sana25.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1227845
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128
Bog'liq
3000 ta buxgalteriya o\'tkazmasi

Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga
oluvchi schotlarning (3200) bog‘lanishi

Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schotlar vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i va kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi bo‘yicha axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Ular quyidagi schotlardan iborat:


3210 "Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i";
3220 "Diskont (chegirma)lar bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlar";
3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar".
Kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarning debetida qarzlarni hisobga oluvchi schotlarning krediti bilan bog‘langan holda kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi hisobga olinadi. Ushbu xarajatlar joriy xarajatlarga kiritiladigan payt kelganda, ular kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schotlarning kreditidan ushbu xarajatlarni hisobga oluvchi tegishli schotlarning debetiga o‘tkaziladi.

T/r

Xo‘jalik operatsiyasining
mazmuni



Bog‘lanuvchi schotlar



Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar



debet



kredit



1

Vaqtinchalik farqlarga tegishli bo‘lgan xarajatlar bo‘yicha soliqlarni hisoblash aks ettirilgan:









Buxgalteriya hisob-kitoblari






- uzoq muddatli qismi bo‘yicha



0950

6410







- joriy qismi bo‘yicha



3210

6410




2

Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan soliqni uzoq muddatli qismidan joriy qismiga o‘tkazish aks ettirilgan



3210

0950

Buxgalteriya hisob-kitoblari



3

Har oyda debitorlik qarzining jamg‘arish usulida qayta baholanishi bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



3290

4010, 4020,
4110, 4120,
4220, 4310,
4800



Buxgalteriya hisob-kitoblari



4

Har oyda valyuta schoti jamg‘arish usulida qayta baholanishi bo‘yicha manfiy kurs farqi aks ettirilgan



3290

5210, 5220

Buxgalteriya hisob-kitoblari



5

Import qilingan konsignatsiya tovarlari bo‘yicha bojxona to‘lovlari, jumladan QQS hisoblangan



3290

6410

Shartnoma, bojxona yuk deklaratsiyasi, buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



6

Sotilgan konsignatsiya tovarlarining ulushiga to‘g‘ri keladigan import qilingan konsignatsiya tovarlari bo‘yicha bojxona to‘lovlari, jumladan QQS bo‘yicha xarajatlar ushbu tovarlar sotilgan paytda moliyaviy natijalarga hisobdan chiqarilgan



9430

3290

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



7

Uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar joriy qismining manfiy kurs farqi bo‘yicha o‘tkazilishi aks ettirilgan



3290

0990

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



8

Jamlangan manfiy kurs farqlari moliyaviyxo‘jalik faoliyat natijalariga o‘tkazilgan



9620

3290

Buxgalteriyaning hisob-kitob ma’lumotnomasi



9

O‘tgan hisobot davrida kechiktirilgan tegishli soliq summasiga joriy hisobot davrida budjetga to‘lanadigan soliqlar kamaytirilgan



6410

3210

Buxgalteriya hisob-kitoblari

10

Boshqa kechiktirilgan xarajatlar joriy davrda aks ettirilgan:






6010, 6110,
6510, 6520,
6710, 7010,
7110



Buxgalteriya hisob-kitoblari






- uzoq muddatli qismi bo‘yicha



0940










- joriy qismi bo‘yicha



3290







11

Boshqa kechiktirilgan xarajatlarning uzoq muddatli qismidan joriy qismiga o‘tkazilishi aks ettirilgan



3290

0940

Buxgalteriya hisob-kitoblari



12

Kechiktirilgan xarajatlar tegishli qismi asosiy ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritilgan



2010

3290

Buxgalteriya hisob-kitoblari



13

Kechiktirilgan xarajatlar tegishli qismi yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritilgan



2310

3290

Buxgalteriya hisob-kitoblari



14

Kechiktirilgan xarajatlar tegishli qismi umumishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritilgan



2510

3290

Buxgalteriya hisob-kitoblari



15

Kechiktirilgan xarajatlar tegishli qismi tayyor mahsulotlar xarajatlari tarkibiga kiritilgan



2810

3290

Buxgalteriya hisob-kitoblari



16

Kechiktirilgan xarajatlar tegishli qismi sotish bo‘yicha xarajatlar tarkibiga kiritilgan



9410

3290

Buxgalteriya hisob-kitoblari



17

Kechiktirilgan xarajatlar tegishli qismi ma’muriy xarajatlar tarkibiga kiritilgan



9420

3290

Buxgalteriya hisob-kitoblari



18

Kechiktirilgan xarajatlar tegishli qismi zararlar tarkibiga kiritilgan



9430

3290

Buxgalteriya hisob-kitoblari



19

Obligatsiyalarning chegirma bilan sotilishi aks ettirilgan



3220

7830, 6830

Buxgalteriya hisob-kitoblari



20

Joriy obligatsiya chegirmasining hisobdan chiqarilishi aks ettirilgan



9610

3220

Buxgalteriya hisob-kitoblari



21

Boshqa kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi o‘tkazilishi aks ettirilgan



3290

Majbu-
riyatlarni
hisobga
oluvchi
schotlar



Buxgalteriya hisob-kitoblari



22

Kechiktirilgan xarajatlar tegishli qismi joriy xarajatlar tarkibiga kiritilgan



Xarajat-
larni
hisobga
oluvchi
schotlar



3290

Buxgalteriya hisob-kitoblari



IV BO‘LIM. OLINADIGAN SCHOTLAR - JORIY QISMI

Olinadigan schotlarning (4000) bog‘lanishi


Ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik
jamiyatlaridan olinadigan schotlarning (4100) bog‘lanishi
Xodimlarga berilgan bo‘naklarni hisobga oluvchi
schotlarning (4200) bog‘lanishi
Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan
bo‘naklarni hisobga oluvchi schotlarning (4300) bog‘lanishi
Budjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga
oluvchi schotlarning (4400) bog‘lanishi
Maqsadli davlat jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak
to‘lovlarini hisobga oluvchi schotlarning (4500) bog‘lanishi
Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzini
hisobga oluvchi schotlarning (4600) bog‘lanishi
Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzini
hisobga oluvchi schotlarning (4700) bog‘lanishi
Turli debitorlar qarzlarini hisobga
oluvchi schotlarning (4800) bog‘lanishi
Dargumon qarzlar bo‘yicha rezervni hisobga
oluvchi schotlarning (4900) bog‘lanishi

IV bo‘limga taalluqli schotlar qaytarish muddati 12 oydan oshmagan debitorlik qarzi to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Joriy debitorlik qarzining tarkibi: xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari; olingan veksellar bo‘yicha qarz; ajratilgan bo‘linmalar, shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining qarzlari; mol yetkazib beruvchilarning turli yuridik va jismoniy shaxslarga bergan bo‘naklari bo‘yicha qarzlari; budjetning bo‘nak to‘lovlari bo‘yicha qarzi; ta’sischilarning qarzlari; xodimlarning berilgan bo‘naklar va boshqa operatsiyalar bo‘yicha qarzlari, shuningdek turli debitorlarning qarzlaridan iborat.





Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling