7- мавзу. Axborot texnologiyalari (AT) va ularniń turlari


Download 3.8 Mb.
bet21/39
Sana14.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1702100
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
Bog'liq
1 АТТ 4-курс 7-18 темалар 22-23

AKT fanining maqsadi talabalarda kompyuter texnika va dasturlarida ishlash, Internet tarmog'idan yanada samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy axborotlami shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan jarayonlar olib borish, ya’ni, ishlov berish hamda shular asosida masala qo‘yib uni yechish ko‘nikmalarini va iqtisodiy-moliyaviy sohalarda joriy qilingan axborot texnologiyalari to‘g‘risida bilimlar berishdan iborat.
AKT fanining predmeti-kompyuter va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, amaliyotda qo‘llash jarayonlari, barsha sohalarga joriy qilingan axborot texnologiyalari to‘g‘risidagi bilimlar hisoblanadi.
Axborot texnologiyasi masalalarni hal qilishda quyidagi asosiy jarayonni o‘z ichiga oladi:
1.Axborotni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish.
2.Uni qayta ishlash, joyiga uzatish.
3.Ma’lumotlarni kodlashtirish.
4.Ma’lumotlarni saqlash va izlash.
5.Iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash.
6.Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish.
7.Qaror qabul qilish va boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish.
Axborotning shakllanishidagi asosiy jarayonlaming bajarilish xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz:
1.Axborotni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish. Axborotlami yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish har xil obyektlarda har xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan xalq xo‘jaligi obyekti faoliyati aks etgan boshlang‘ich iqtisodiy hisobotni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish, amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha murakkabdir.
Shu o‘rinda boshlang‘ich ma’lumotning ishonchli, to‘liq va zamonaviy bo‘lishiga katta e’tibor beriladi. Korxonada axborotni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish har xil xo‘jalik operatsiyalarini bajarish vaqtida sodir bo‘ladi va axborotni yig‘ish uni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan birga olib boriladi. Boshlang‘ich hujjatlarga yozish asosan qo‘lda bajariladi, shuning uchun yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari hozircha mehnat talab etadigan ish bylib qolmoqda. Ma’lumki, axborotlami yig‘ish va uzatish ish joylarining o‘zida amalga oshiriladi, uni qayta ishlash esa hisob-kitob markazida olib boriladi.

Download 3.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling