7- мавзу. Axborot texnologiyalari (AT) va ularniń turlari


Download 3.8 Mb.
bet22/39
Sana14.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1702100
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
1 АТТ 4-курс 7-18 темалар 22-23

2.Axborotlarni uzatish. Axborotlarni uzatish turli usullar bilan amalga oshiriladi, kuryer yordamida, pochta orqali yuborish, transport vositalari bilan yetkazish, uzoq masofalarga aloqa kanallari orqali uzatish va boshqalar.
Uzoq masofaga axborotni aloqa kanallari orqali uzatish vaqtni va xarajatni qisqartiradi. Uni amalga oshirish uchun esa turli maxsus texnik vositalar kerak bo‘ladi. Ba’zi axborotlarni yig‘ish va ro‘yxatdan y‘tkazishning texnik vositalari ish joylariga o‘rnatiIgan datchiklardan olinayotgan axborotlarni yig‘ib, kompyuterga uzatadi. Axborotlarning qayta ishlash markaziga aloqa tar moqlari orqali yetib kelishi asosan ikki usulda amalga oshiriladi: Elektron tashuvchilarda ; bevosita kompyuter maxsus dasturi ­ va apparatli vositalar yardamida masofadan amalga oshiriladi.
3.Axborotlarni saqlash va yig‘ish. Axborotlarni saqlash va yig‘ish — axborotlardan ko‘p marta foydalanish, axborotlarni doimiy qo‘llash, boshlang‘ich ma’lumotlarni qayta ishlashgacha ularni to‘plash kabi zaruriyatlaridan kelib chiqadi.
Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, axborot texnologiyasi, modellash, ma’lumotlar manbayi, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan ta’minlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi.
Axborot — ijtimoiy, tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va ma’lumotlar, kishilaming amaliy faoliyati davomida to‘plagan tajribalari majmuyi, demak inson axborot oqimi ichida yashar ekan, turli- tuman voqea, hodisalar va jarayonlaming bir-biriga aloqadorligini, o‘zaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib ko‘rish, tabiat va jamiyatning rivojlanish qonunlari qanday amal qilayotganligini anglab yetish maqsadida ko‘pdan ko‘p so‘zlarga, dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariyot amaliyot bilan birlashadi.
Axborot texnologiyalari boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi axborotlar bilan ishlash jarayonlarini bajaradi.

Download 3.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling