7- мавзу. Axborot texnologiyalari (AT) va ularniń turlari


Download 3.8 Mb.
bet24/39
Sana14.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1702100
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
1 АТТ 4-курс 7-18 темалар 22-23

Maqsadga muvofiqlik — axborot texnologiyalaridan foyda lanishning bosh maqsadi zamonaviy kompyuterlar, axborotlarga taqsimlangan ishlov berish, taqsimlangan ma’lumotlar bazasi, turli axborot hisoblash tizimlari asosida axborotlar aylanmasi va ishlov berish yo‘li bilan ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat.

  • Komponent va tarkibiy tuzilishning mavjudligi:

    Axborot texnologiyalarining tarkibiy tuzilishi — bu uni tashkil qiluvchi komponentlarning o‘zaro bog‘liqligini ifoda qiluvchi, ikkita katta tayanch texnologiyalar va bilimlar bazasi guruhlariga birlashtirilgan ichki tashkillashtirishdir.
    Predmet soha modellari — tashkilot mutaxassisi va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchilar kabi foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlovchi ko‘rsatmalar to‘plamidir.
    Tayanch texnologiyalar- asosida axborotlarni saqlash va ishlov berish quyi tizimlari ishlaydigan avtomatlashtirish apparat , tizimli va instrumental dasturiy vositalari to‘plamidir.
    Bilimlar bazasi o‘zida kompyuter xotirasida saqlanayotgan bilimlar to‘plamini ifoda etadi. Qisqacha qilib aytganda bilimlar bazasi predmet sohani ifodalab beradi va ma’lumotlar bazasini o‘z tarkibiga oladi.
    Ma’lumotlar istalgan narsa bo‘lishi mumkin. Kompyuter yordamida ma’lumotlar shaklini o‘zgartirish bo‘yicha amallar bajarish ma’lumotlarni qayta ishlash deyiladi.
    Ma’lumotlami qayta ishlash uch bochqichdan iborat: kirish ma’lumotlarini yig‘ish, ulami qayta ishlash va chiqish ma’lumotlarini boshqarish. Demak, ma’lumotlar qayta ishlash jarayonida kirish ma’lumotlari sifatida foydalaniladigan xomashyo va bu jarayonning chiqish ma’lumotlari sifatidagi axborotlardir (rasmga qarang).

    Kirish Chiqish

    Kompyuter ma’lumotlami axborotlarga o‘zgartiradi

    Kompyuterlar mashhurligining oshib borishi uning juda kuchli va foydali vosita ekanligini isbotladi. Ushbu ommalashgan vositaning kuchi va foydaliligi uning quyidagi asosiy xususiyatlari bilan bog‘liq:
    1.Avtomatik tarzda ishlashi. Avtomat mashina inson aralashuvisiz ishlaydi. Kompyuter ham avtomat, chunki u bir ishni boshlasa, bu ish tugamaguncha inson ishtirokisiz ishini davom ettirgan. Shu bilan birga, kompyuterlar mustaqil ravishda o‘z oldiga biror masala qo‘yishi va uning yechimini topishlari mumkin emas. Biz kodlangan ko‘rsatmalar yordamida unga muayyan ishni qanday bajarish to‘g‘risida aniq ko‘rsatma beramiz. Bu ko‘rsatmalar vazifani qanday bajarish kerakligini belgilaydi.
    2.Tezlik. Kompyuter juda tez ishlovchi qurilma. U birnecha soniya ichida inson kecha-kunduz ishlaganda ham yillab vaqt sarflaydigan hajmdagi ishlami bajara olishi mumkin. Boshqacha aytganda, kompyuter bir daqiqa ichida insonning butun umrini band qilishi mumkin bo‘lgan ishlami bajarishi mumkin.
    3.Aniqlik. Juda tez ishlashi bilan bir qatorda, kompyuterlar juda aniq ishlaydi. Kompyuter aniqligi barqaror yuqori va uning aniqlik darajasi uning konstruksiyasiga bog‘liq. Kompyuter har qanday hisob-kitob amalini birdek aniqlik bilan amalga oshiradi.
    4.Mehnatsevarlik. Insondan farqli ravishda kompyuter bir maromdagi zerikarli ishlardan qo‘rqmaydi, charchoq va fikr bo‘linishi nimaligini bilmaydi. Kompyuter soatlab xatosiz va shikoyatsiz ishlashi mumkin. Shunday ekan, kompyuterlar katta aniqlik talab qiluvchi bir maromdagi ishlarni bajarishda yuqori mehnat unumdorligiga ega.
    5.Universallik. Universallik kompyuterning eng ajoyib xu- susiyatlaridan sanaladi. Bir muddat u ekspertiza natijalarini tayyorlaydi, keyin esa u elektr xarajatlarni hisoblash bilan band bo‘ladi va ular o‘rtasida bir daqiqa ofis kotibiga muhim maktub uzatishda yordam berishi mumkin.
    6.Xotira quwati. Inson yangi bilimlarga ega bo‘lishi bilan uning miyasi bu bilimlaming qaysi biri muhim va uni xotirada saqlab qolishga arziydimi yoki yo‘qligini tanlaydi.

    Download 3.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling