7- мавзу. Axborot texnologiyalari (AT) va ularniń turlari
-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish
Download 3.8 Mb.
|
1 АТТ 4-курс 7-18 темалар 22-23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashning didaktik asoslari.
16-mavzu. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish.
Reja Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashning didaktik asoslari, O‘quv maqsadli elektron vositalarni yaratish va foydalanishdagi pedagogik-ergonomik talablar va ulami sifatini baholash. Axborot-kommunikasiya texnologiyalari vositalarini yaratish va o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llashning didaktik asoslari. Dasturlaming turli xillari mavjud bo‘lib, ularning har biri ma’lum bir ishni bajarishga mo‘ljallangan. Insonlarga o‘xshab, kompyuterlar ham qandaydir ko‘rsatmalarga yoki dasturiy ta’minotga muhtoj bo‘ladi, chunki dasturiy ta’minotsiz ularning ishini, ichki va tashqi xotiralar bilan ishlashni, qo‘shimcha qurilmalarga murojaat qilishni, foydalanuvchilar bilan muloqotni va kompyuter tarkibiy qismlarining bir maromda ishlashini ta’minlash mumkin emas. Kompyuterdan foydalanish samaradorligini oshirishda, uni ishlatishni yengillatishda va foydalanuvchilar uchun dasturlar tayyorlashni osonlashtirishga mo‘ljallangan dastur vositalari kompleksi dasturiy ta’minot (DT) tizimi deb yuritiladi. Kompyuterning DT o‘z ichiga turli xil dasturlar to‘plamini oladi. Dasturlashni avtomatlashtirish tizimi (DAT) DTning bir qismi bo‘lib, foydalanuvchilar uchun dasturlarini yaratish jarayonini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Rivojlangan DATlar dasturlashtirish tillari, translyatorlar va sozlash dasturlarini o‘z ichiga oladi. Sozlash dasturlari — dasturlar ishining to‘g‘riligini tekshirish va xatolami topish uchun ishlatiladi. Kompyuterda masalalar yechish jarayonini ta’minlash va uni osonlashtirish uchun operatsion tizim deb ataluvchi dasturlar kompleksi ishlatiladi. U boshqaruvchi va qayta ishlovchi dasturlar guruhidan iborat bo‘ladi. Boshqaruvchi dasturlar kompyuter qurilmalari ishini boshqaradi, ya’ni kompyuter qurilmalari ishini, kiritish, tayyorlash va boshqa dasturlaming bajarilishini tashkil qiladi va boshqaradi. Qayta ishlovchi dasturlar ma’lumotni qayta ishlash bilan bog‘liq yangi dasturlami ishga tushirib, masalalami yechishga va boshlang‘ich ma’lumotlami tayyorlash ishlarini bajarishga xizmat qiladi. Texnik xizmat qilish dasturlari kompyuterning profilaktika ishlarida, diagnostika masalalarini yechishda, undagi nosozliklami aniqlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Amaliy dastur paketlari tarkibiga insonning kundalik amaliy faoliyatida vujudga keladigan ilmiy, texnik, moliyaviy va turli- tuman iqtisodiy masalalami yechishga mo‘ljallangan, operatsion tizim imkoniyatlarini va funksiyasini kengaytirishga hamda boshqa bir qancha aniq maqsadlarga mo‘ljallangan dasturlar kompleksi kiradi. Yuqoridagi tasvirda ko‘rsatilgan translyatorlar amaliy dasturlarni algoritmik tillardan mashina tiliga o‘giruvchi tarjimon dasturlardir. Ular ikki xil bo‘ladi: kompilyatorlar va interpretatorlar. Interpretatorlar dasturlashtirish tilida yozilgan dastumi bosqichma-bosqich (yoki qatorma-qator) mashina tiliga o‘girib va darhol bajarib borsa, kompilyatorlar esa butun dastumi birdaniga mashina tiliga o‘giradi va agarda uning xatosi yoki kamchiligi bo‘lmasa, uni bajarishni amalga oshiradi. Bir marta kompilyatsiya qilingan dastur boshqa kompilyatsiya qilinmaydi, uning natijasi ishlovchi dasturni hosil qiladi. Interpretatorda esa dastur har bir bajarilishida qaytadan mashina tiliga o‘giriladi va bosqichma-bosqich bajaradi. Xususiy kompyuterning foydalanuvchi uchun qulay va samarador bo‘lishi unda qanday dasturiy ta’minot mavjudligi bilan izohlanadi. Dasturiy ta’minotning qanday turlari foydalanuvchi uchun zarur bo‘lishi uning qaysi sohada faoliyat ko‘rsatishi bilan aniqlanadi. Kompyuterning dasturiy ta’minoti ularning qo‘llash samaradorligini oshirish, undan foydalanishni osonlashtirish va foydalanuvchilar dasturlarini tayyorlashning mehnat sarfini kamaytirishi uchun mo‘ljallangan dasturlar tizimidan iborat. Kompyuter dasturlar ta’minotining to‘plami quyidagi guruhlarga ajraladi: Download 3.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling