tizimli dasturlar — xilma-xil qo‘shimcha ishlarni bajarishga imkon beradi, masalan, kompyuterning ishlash jarayoni davomida nosoz qurilmalami diagnostika va nazorat qilish vositalari, ma’lumotlaming nusxalarini olib qo‘yish, kompyuter haqida ma’lumotnomalar berish, kompyuterni boshlang‘ich ishga tayyorlash va hokazolar;
amaliy dasturlar — foydalanuvchilarga zarur bo‘lgan ishlarni bajarishga imkon beruvchi dasturlar, matn tahrirchilari, jadval protsessorlari, rasmlar chizishga imkon beruvchi dasturlar, axborot massivlari va bilimlar bazalari bilan ishlashga imkon yaratuvchi dasturlar va hokazolar;
dasturlashtirish tizimlari yoki instrumental tizimlar - ular kompyuter uchun yangi amaliy dasturlar yoki foydali ilovalar yozish uchun xizmat qiladilar.
Tizimli dasturlarga operatsion tizim, drayverlar, qobiq dasturlar va operatsion qobiqlarni kiritish mumkin. Operatsion qobiqlar ishga tushiriladigan dasturlar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratishi mumkin:
grafik interfeys — ma’lumotlami chiqarish va ular bilan samarador ishlashga imkon beradigan vositalar to‘plamini hosil qilish mumkin, ya’ni alohida turdagi menyular, darchalar, oynalar, ma’lumotnomalar va hokazolar;
Do'stlaringiz bilan baham: |