7- мавзу. Axborot texnologiyalari (AT) va ularniń turlari
Download 3.8 Mb.
|
1 АТТ 4-курс 7-18 темалар 22-23
- Bu sahifa navigatsiya:
- Portativ
Kompyuterlarning tasnifi. Umumiy ishlatishga mo‘ljallangan kompyuterlar turli o'lchamda va imkoniyatlarda bo‘ladi. An’anaviy ravishda kompyuterlar ularning o‘lchami, ishlov berish tezligi va narxiga bog‘liq holda mikrokompyuterlar va superkompyuterlarga tasniflanadi. Biroq bunday tasniflash endilikda dolzarb bo‘lmay qoldi, chunki texnologiya juda tez rivojlanmoqda, har bir necha oyda kompyuterlarning awalgi modellariga nisbatan katta unumdorlikka ega, narxi arzonroq yangi modellari yaratilgan uncha katta bo‘lmagan tizim bir necha yil awal ishlab chiqarilgan katta modellardan qiymat jihatidan ham, unumdorlik jihatidan ham o‘zib ketishi mumkin. Binobarin, bugungi kunda kompyuterlar ularning qo‘llanish xususiyatlariga ko‘ra tasniflanadi. Bu tasniflarga muvofiq, kompyuterlar portativ, personal (shaxsiy) kompyuterlar, ishchi stansiyalar, meynfreymlar, superkompyuterlari va portativ kompyuterlarga tasniflanadi. Bu bobda kompyuterlarning ushbu turlari bilan tanishasiz.
Portativ kompyuterlar. Noutbuklar portativ kompyuterlar bo‘lib, asosan, o‘zlari joylashgan yerda hisoblash resurslariga ehtiyoji bo‘lgan odamlaming foydalanishi uchun mo‘ljallangan. SHaxsiy kompyuterlar, noutbuklar, printerlar, mobil telefonlar va ularning o‘zaro axborot almashinuvi uchun raqamli kameralarning simsiz ulanishiga imkon beradi. Buklama yassi ekran. Ushbu qurilmadagi klaviatura, trekbol, qattiq disk, CD- disk, kirish chiqish portallari va b. Stol ustiga qo‘yib ishlatiladigan modelda monitor tizimli blokning yuqori qismida, «minorali» modelda esa tizimli blok monitorning bir tomonida turadi. Binobarin, «minorali» modelda biz tizimli blokni polda, ish stoli yonida yoki uning tagida saqlashimiz mumkin, bunda ish stolidagi joy boshqa maqsadlar uchun tejaladi. Stol ustiga qo‘yib ishlatiladigan model bir necha yil awal ancha ommalashgan bo‘Isa ham, «minorali» model hozirgi paytda ko‘proq ommalashgan. Kompyuterning tizimli bloki kengayish slotlariga ega, unga maxsus platalarda (qo‘shimcha karta deb ham ataladi) ustki qavatning maxsus funksiyalari keng spektrini qo‘shish mumkin. Ushbu qo‘shimcha platalarda kompyuter bilan bog‘liq keng spektr uchun elektron sxemalar mavjud. Kengayish imkoniyatini beruvchi slotlari soni kompyuter modellariga qarab o‘zgarib turadi. Platalaming ayrim ommaviy qo‘shimchalari: 1.Tarmoq kartasi (NIC). U kompyuterga tarmoqqa ulanish imkonini beradi. Masalan, foydalanuvchidan kompyuterning Etherner, LAN ga ulanishi uchun tarmoq kartasi talab qilinadi. 2.Faks modemi. U kompyuterdan qog‘ozga hujjatlar tasvirini telefon tarmog‘i orqali uzoqdagi kompyuterga uzatish imkonini beradi. 3.Rangli va grafik adapter kartasi. U kompyuterning grafika va yoki rangli videomonitor bilan birgalikda ishlash imkonini beradi. Masalan, foydalanuvchi yuqori sifatli tasvir chiqaruvchi monitor bilan ishlashi uchun unga VGA (videografik massiv) kartalar zarur. 4.Monitorning videokartasi. Bu to‘liq kadrli video, audio rangni monitor ekranidagi boshqa chiqishlar bilan integratsiyalaydi. Chunki ular bir qancha kirishlami qabul qiladi, videoni butun ekran bo‘ylab yoki ayrim darchalarda ko‘rsatish mumkin. Download 3.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling