7- мавзу. Axborot texnologiyalari (AT) va ularniń turlari


Download 3.8 Mb.
bet29/39
Sana14.10.2023
Hajmi3.8 Mb.
#1702100
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39
Bog'liq
1 АТТ 4-курс 7-18 темалар 22-23

multidasturlashtirish — bir vaqtning o‘zida bir qancha dasturlarni ishlatish imkoniyati;

  • dasturlararo ma’lumot almashinishning kengaytirilgan vo- sitalarini ishlatish.

    Dastur ta’minoti ilmiy-texnik, iqtisodiy-statistik va boshqa masalalami yechishda, shuningdek, boshqaruv ma’lumotlarini qayta ishlash uchun hisoblash tizimlari qurishda kompyuter texnik vositalarining imkoniyatlarini kengaytiradi.
    Kompyuter dasturiy ta’minotining asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat:

    • dasturlashni avtomatlashtirish vositalari yordamida masalani kompyuterda yechishga tayyorlash;

    • operator bilan kompyuterning eng qulay ko‘rinishlardagi aloqasini tashkil qilish;

    • kompyuterni nazorat qilish, unga tashxis qo‘yish va yuzaga kelgan nuqsonlarning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik.

    Kompyuterning dastur ta’minoti tarkibida dasturlashning modulli tamoyili amalga oshiriladi, bu tamoyil, odatda funksional bog‘liq bo‘lmagan dasturlar yoki ularning qismlari standart modullar ko‘rinishida shakllanadigan va sozlanadigan bo‘lishini talab qiladi. Bunday tarkib qo‘shimcha modullar kiritish yo‘li bilan kompyuterning dastur ta’minotini nisbatan oson kengaytirish imkonini beradi.
    Kompyuter dasturiy ta’minotining eng muhim tarkibiy qismi, operatsion tizim bo‘lib, u turli rejimlarda kompyuterning samarali ishlashini, shuningdek, masalani kompyuterda yechishga tayyorlashdagi mehnat sarfmi kamaytirishni ta’minlaydigan das­turiy vositalar majmuyidan iborat.
    Personal kompyuterning funksional maqsadiga bog'liq holda monitor imkoniyatlari foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan soni ko‘p bo‘lmagan oddiy buyraqlarning bajarilishidan tortib, to real vaqt davomida turli qurilmalarni boshqarishgacha bo‘lgan ishlarni aks ettirish maqsadida o‘zgartirib turiladi. Kompyuter monitorining vazifasi kompyuterdan foydalanuvchi o‘rtasida o‘zaro aloqani tashkillashtirish, resurslar taqsimotini boshqarish va kompyuter faoliyatida talab etilgan tartibni ta’minlash, tizimli dasturlarni ishga tushirish va bajarilishini nazorat qilish, ma’lumotlar almashinish jarayonining bajarilishini boshqarishdir.
    Tizimli dasturlar va ma’lumotlar guruhiga tashqi tashuvchilarga xizmat qiluvchi dasturlar, servis dasturlar va dasturlar kutubxonasi kiradi.
    Axborotlaming tashqi tashuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan dasturlar tashuvchilardagi mavjud axborotlarni tenglashtirish va nazorat qilishga, shuningdek tashuvchilar va alohida fayllar bilan boshqa jarayonlami bajarishga tayyorlash, saqlashni tashkillashtirish va dasturlami qo‘llash ishlarini yengillashtiradi. Ular o‘zlarining funksional maqsadlari nuqtayi nazaridan turlicha, lekin qoidaga ko‘ra, ulaming tarkibida matnni tahrirlash dasturlari va kutubxonalar boladi. Klaviatura yoki boshqa tashuvchilardan kiritilayotgan matnlar tahrir dasturlari orqali shaxsiy kompyuterning operativ yoki tashqi xotirasiga yoziladi, bunda ular maxsus tahrir buyruqlari yordamida o‘zgartirilishi mumkin. Ko‘plab tahrir dasturlari mavjud, ular bir-biridan bajaradigan imkoniyatlari bilan farqlanadi va matnlarda o‘zgarishlar qilish uchun ishlatiladi.
    Hozirgi paytda yuzlab algoritmik tillar mavjud bo‘lib, ularga Fortran, Algol, Kobol, RL/I, Assembler, Paskal, SI, LISP, Beysik va boshqa ko‘pgina tillarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu algoritmik tillar universal dasturlash tillari hisoblanib, ular injener-texnik, hisoblash, iqtisodiy va boshqa turdagi ko‘plab masalalami yechishga, shuningdek ma’lumotlar to‘plamini qayta ishlash, matnli axborotlarni tahlil qilish va shularga o‘xshash boshqa ko‘pgina masalalami yechishga mo‘ljallangandir.
    Masalalami dasturlash uchun kompyuterda dasturlash tillari deb ataluvchi sun’iy tillar qo‘llaniladi. Masalani yechishning ishlab chiqilgan algoritmi shu tillar yordamida bir ma’noli qilib kompyuterda qabul qila oladigan shaklda tavsiflanadi.
    Hozirgi vaqtda dasturlash tilini turli belgilari bo‘yicha tavsiflash mumkin.
    Ishlatilish sohasiga ko‘ra dasturlash tillari universal, ya’ni barcha sohalarda ishlatish mumkin bo‘lgan tillar, ma’lum soha yoki muammolarni yechishga mo‘ljallangan tillarga bo‘linadi.
    Odatda, dasturlash tilining kompyuterga ko‘ra bog‘liqlik darajasi bo‘yicha tasniflash eng umumiy tasnif hisoblanadi. Ushbu belgisiga ko‘ra barcha tillar ikkita katta guruhga: mashinaga bog‘liq va mashinaga bog‘liq bo‘lmagan tillarga bo‘linadi.
    Foydalanuvchilaming yana shunday bir toifasi mavjudki, ular o‘z sohasida mutaxassis bo‘lgan va o‘z vazifalarini yaxshi bilgani holda kichik aniq muammoga doir masalani yechish uchun kompyuterdan operativ foydalanishga ehtiyoj sezadilar.
    Ular uchun masala yechish algoritmini batafsil yozishni talab qilmaydigan, muammoga moljallangan maxsus tillar ishlab chiqilgan. Foydalanuvchi faqat masalani ta’riflashi, boshlang‘ich ma’lumotlarni berishi, natijaviy ma’lumotlar formasini ko‘rsatishi mumkin.
    Dasturlashtirish tizimining asosiy predmeti — matematik tizim ta’minotining nazariy va amaliy usullarini ishlab chiqish va dastumi ekspluatatsiya qilishdir.

    Download 3.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   39




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling