7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»


Zaruriyat – bu hodisalar o‘rtasidagi ularning qonuniy o‘zgarishi va rivojlanishini


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/29
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1177306
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
Bog'liq
7 mavzu. (3)

 Zaruriyat – bu hodisalar o‘rtasidagi ularning qonuniy o‘zgarishi va rivojlanishini 
belgilovchi barqaror, muhim ichki aloqalar. Zaruriyat – mavjud birdan-bir imkoniyatning 
amalga oshishi.
Zaruriyat hodisa, jarayonning mohiyatidan kelib chiqadi va mazkur sharoitda muqarrar 
tarzda yuz beradi. Masalan, har qanday tirik organizmning o‗limi muqarrardir, chunki u mazkur 
organizmning tabiati hamda unda yuz beruvchi ichki jarayonlar bilan belgilanadi. Tabiatda tirik 
organizmlarning modda almashinish jarayoni hayvon va o‗simliklarning hayot kechirishini 
belgilovchi zaruriyatdir. 
Zaruriyatning o‗ziga xos belgilaridan biri uning umumiy xarakterga egaligi, olamda amal 
qiluvchi qonunlari bilan bog‗liqlikda, voqelikning barcha sohalarida rivojlanishi muayyan 
izchilligini belgilashligidir. Tabiiy va ijtimoiy hodisalar, jarayonlar, o‗z mohiyatiga ko‗ra, zaruriy 
aloqalar, aloqadorlik tufayli namoyon bo‗ladi. Mazkur holatni zaruriyat umumiydan ajralmasdir, 
degan qarash to‗g‗ri ifodalaydi. 
Umumiylikda ifodalanuvchi, umumiylikda mavjud bo‗ladigan zaruriyat voqelikning asosiy 
tomonlari bilan bevosita aloqada bo‗lganligi uchun ham tasodifdan farqlanadi. Zaruriyat 
hodisalarni bir butunlikda, yaxlit tushunishga, voqelikka xos aloqalarning ichki qonuniyatlarini 
ochishga imkon beradi., u ayrimlik tarzda ayrim hodisalar orqali namoyon bo‗ladi. Іodisalar 
o‗rtasidagi tashqi, nomuhim munosabatlarni ifodalovchi tasodif esa zaruriyatdan farqli o‗laroq, 
umumiy xarakterga ega emas Shuning uchun ham tasodif zaruriyatga nisbatan barqaror bo‗lmay, 
balki voqealarning o‗tkinchi, ayrim, xususiy, muhim bo‗lmagan tomonlarini ifodalaydi.
Zaruriyat narsaning ichki mohiyatidan kelib chiqadi va uning ichki qonunlari, strukturasi 
va tartibi bilan belgilanadi. Ma’lum sharoit mavjud bo‘lgan taqdirda albatta yuz beradigan 
hodisa yoki voqea zaruriyat, deb ataladi. Zaruriyat rivojlanuvchi hodisaning mohiyatidan, 
ichki tabiatidan kelib chiqadi Zaruriyat qonun tushunchasiga yaqin turadi, muqarrar tarzda 
namoyon bo‗ladi. Masalan, nosoz tormoz muqarrar tarzda avtomobilь halokatiga, uning yo 
yaqinroqdagi narsalar, yo harakatlanayotgan boshqa avtomobillar bilan to‗qnashuviga olib keladi 
yoki u piyodani urib ketishiga sabab bo‗ladi. Halokat aynan qanday yuz berishi, undan kim 
jabrlanishi mumkinligi tasodif bilan bog‗liq masaladir, zero yo‗lda muayyan paytda istalgan 
narsa va istalgan odam duch kelishi mumkin. Bu erda zaruriyat avtomobilning ichki holati bilan, 
tasodif – tashqi sharoit bilan belgilanadi. Zaruriyat – yuz berishi mumkin bo‗lgan narsa. 
Zaruriyat muayyan hodisa uchun doimiy va barqarordir. Zaruriyat – ichki xususiyatga ega 
hodisa, uning sababi o‗zida bo‗ladi va hodisalarning ichki o‗zaro aloqasidan kelib chiqadi. 
Ammo nafaqat ichki, balki tashqi zaruriyat ham mavjuddir. Masalan, jismlarning bir-biriga 
ularning massasiga to‗g‗ri proportsional va ular o‗rtasidagi masofaga teskari proportsional 
bo‗lgan kuch bilan tortishishi zaruriyat hisoblanadi. Bu tashqi zaruriyatdir.
Tasodif ham ichki va tashqi bo‗lishi mumkin. Masalan, tirik organizmlarning mutatsiyalari 
tasodifiy xususiyat kasb etadi, ammo ular ichki hodisa hisoblanadi, chunki butun organizmni 
qayta qurish bilan bog‗liq. Xo‗sh, bu holda zaruriyat va tasodifni bir-biridan qanday farqlash 
mumkin?. Zaruriyatdan farqli ravishda, tasodifning sodir bo‗lishi shart emas. U muayyan 
predmetning mohiyatidan kelib chiqmaydi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling