7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»


Zaruriyat va tasodif dialektikasi


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/29
Sana08.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1177306
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
Bog'liq
7 mavzu. (3)

Zaruriyat va tasodif dialektikasi ikki muhim jihatni nazarda tutadi. Birinchidan, tasodif 
rivojlanish jarayonida zaruriyatga aylanishi mumkin (u yoki bu biologik turning qonuniy 
belgilari avval tasodifiy og‗ishlar sifatida paydo bo‗ladi va to‗planib boradi, so‗ngra ularning 
asosida tirik organizmning zaruriy sifatlari shakllanadi). Ikkinchidan, zaruriyat son-sanoqsiz 
tasodiflar orqali o‗ziga yo‗l ochadi. Masalan, jamiyatning rivojlanishi turli maqsadlarni 
ko‗zlovchi, fe‘l-atvori har xil bo‗lgan kishilar faoliyati bilan belgilanadi. Bu maqsadlar va 
intilishlarning aloqai, chatishuvi va to‗qnashuvi pirovard natijada rivojlanishning zaruriy, 
muqarrar xususiyatga ega bo‗lgan muayyan yo‗nalishiga olib keladi.
Dialektikaning barcha qonunlari va kategoriyalari kabi, zaruriyat va tasodif obyektiv 
voqelikni bilishning tayanch nuqtalari hisoblanadi. Bu kategoriyalarning funktsiyalari teng 
qimmatga ega emas. Bilishda tasodif doim boshlang‗ich instantsiya sifatida, zaruriyat – maqsad 
sifatida amal qiladi. Bilish faoliyati tasodifdan zaruriyat sari yuksalish tarzida yuz beradi. 
Zaruriyat va tasodif dialektikasida ichki va tashqi narsalar tushunchalari nisbatdosh 
ekanligini e‘tiborga olish muhimdir. Bir jihatdan ichki bo‗lgan narsa boshqa bir jihatdan tashqi 
xususiyat kasb etadi. Masalan, sayyoralarning quyosh sistemasi orbitalari bo‗ylab harakati bu 
sayyoralarni o‗zaro bog‗lovchi va ular aylanayotgan orbitalar shaklini belgilovchi ichki 
munosabatlar bilan belgilanadi. Quyosh sistemasiga nisbatan boshqa kosmik obyektlar tashqi 
muhitni tashkil etadi. Ammo quyosh sistemasi galaktika elementi bo‗lib, yulduzlararo makonda 
muayyan o‗rin egallaydi. Shu sababli ayni shu obyektlar quyosh sistemasi sayyoralari 
evolyutsiyasining ham, ularga yaqin kosmik jismlar evolyutsiyasining ham ichki manbai 
hisoblanadi. Shu boisdan zaruriyat va tasodif tushunchalari ham nisbatdoshdir: bir jihatdan 
tasodifiy bo‗lgan narsa boshqa bir jihatdan zaruriy hisoblanadi.
Zaruriyat va tasodif qarama-qarshiliklar bo‗lsa-da, lekin ular birdir. Har qanday hodisa 
ichki zaruriyat tufayli yuz beradi, ammo uning yuz berishi ko‗p sonli tashqi omillar bilan bog‗liq 
bo‗lgani bois, zaruriyatni tasodif muqarrar tarzda to‗ldiradi. Bu zaruriyat ham, tasodif ham sof 
holda mavjud bo‗lmasligini anglatadi. Tasodif – zaruriyatning namoyon bo‗lish shaklidir. 
Zaruriyat, sabab, qonunni kashf etish – ahamiyatsiz, tasodifiy narsalarni mavhumlashtirish 
demakdir.
Bir qarashda zaruriyat sababiyatga zid bo‗lib tuyuladi. Bu ziddiyat yo tasodifiy hodisa 
sababga ega emasligi bilan, yo tasodifiy hodisalar umuman bo‗lmasligi bilan izohlanishi 
mumkin. Amalda har qanday, shu jumladan tasodifiy hodisa ham muayyan sababga ega bo‗ladi 
Shunday qilib, tasodif va zaruriyat – bu imkoniyatni voqelikka aylantirishning har xil 
usullari. Ammo dunyoda «sof» tasodif ham, «sof» zaruriyat ham mavjud emas. Amalda 


130 
obyektlar mavjud bo‗lgan sharoitlar kuzatib bo‗lmaydigan darajada ko‗p sonli, ularning 
hammasini hech qachon to‗liq hisobga olish mumkin emas. Biron-bir konkret obyektni va uning 
o‗zgarishlarini o‗rganar ekanmiz, biz doim bu obyektning mavjudligini belgilovchi 
sharoitlarning bir qisminigina hisobga olamiz, voqealar rivojiga ta‘siri ahamiyatsiz darajada oz 
bo‗lgan boshqa sharoitlarni esa e‘tibordan soqit etamiz. Ammo ayrim sharoitlarga nisbatan 
tasodifiy bo‗lgan voqea boshqa sharoitlarga nisbatan zaruriy bo‗ladi.
Masalan, bilьyard soqqasining harakati u olgan turtki sharoiti bilan belgilanadi; lekin uning 
harakatiga bilьyard stolining titrashi, stol yuzasining notekisligi va hokazolar ta‘sir ko‗rsatishi 
mumkinligini hisobga olsak, soqqaning haqiqiy traektoriyasida tasodif elementi paydo bo‗ladi.
Shunday qilib, har bir voqea qaysidir jihatdan tasodifiy, qaysidir jihatdan esa zaruriy 
hisoblanadi.
Tasodifning zaruriyat bilan aloqasi o‗zgaruvchan sharoitlarda yuz beruvchi ommaviy 
jarayonlarni o‗rganish chog‗ida ayniqsa bo‗rtib namoyon bo‗ladi. Masalan, bozorda narxlarning 
o‗zgarishlari tasodifiy, lekin o‗rta hisobda bu narxlar tovarlar qiymatiga zarur darajada mos 
kelishi lozim. Ko‗p sonli ommaviy tasodifiy voqealarda statistik qonuniyatlar namoyon 
bo‗ladiki, ularga muvofiq bu voqealarning butun yig‗indisi zarur darajada u yoki bu xossalarga 
ega bo‗ladi. Bu erda tasodif zaruriyatning namoyon bo‗lish shakli sifatida amal qiladi.
Demak, zaruriyat va tasodif voqealar rivoji davomida sodir bo‗ladigan hodisalarni 
tavsiflaydigan, obyektiv olamdagi aloqadorlikni ifoda etuvchi falsafiy kategoriyalar. Falsafaning 
boshqa kategoriyalari singari zaruriyat va tasodiflarning mazmuni hamda umumiy xususiyatlari 
haqidagi masala hozirga qadar o‗tgan ko‗plab faylasuflarning e‘tiborini o‗ziga jalb etgan edi. 
Ba‘zi faylasuflar voqelikdagi narsa, hodisalar muayyan sabablar asosida sodir bo‗lar ekan, 
demak, olamda tasodif bo‗lmaydi, har qanday hodisa ma‘lum sabablar tufayli yuzaga keladigan 
zaruriyatdir deb qaragan. Dunyoda tasodifga o‗rin yo‗q, mavjudlik va taraqqiyotni birgina 
zaruriyat belgilaydi, deb hisoblaganlar.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling