7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Abstrakt va muayyan imkoniyat
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
Abstrakt va muayyan imkoniyat o‗rtasidagi farq – bu mohiyat va mavjudlik o‗rtasidagi,
shuningdek predmetning ideal obrazi va uning inson ongiga bog‗liq bo‗lmagan obyektiv xususiyatlari o‗rtasidagi farqdir. Masalan, nikohga kirayotgan yoshlar bir-biri haqida, oila va umuman nikoh haqida ancha yuzaki tasavvurga ega bo‗lishi mumkin. Ular oila-nikoh munosabatlarining ideallashtirilgan manzarasini o‗z bo‗lg‗usi nikohiga ko‗p jihatdan tatbiq etadi. Vaholanki, bu manzara mazkur munosabatlar mohiyatiga umuman olganda mos kelsa-da, lekin ularning butun boyligi va murakkabligi haqida aniq tasavvur hosil qilish imkonini bermaydi. Nikohga kirgach, yoshlar imkoniyatini o‗zlari oldindan ko‗ra bilmagan muayyan voqelik bilan to‗qnash keladi. Yosh oiladagi kelishmovchiliklar sababi – nikohning mohiyati va uning mavjudligi o‗rtasidagi, abstrakt imkoniyat («ular qo‗sha qaridilar va uvali-juvali bo‗ldilar») va aksariyat jihatlarini yoshlar hatto xayollariga ham keltirmagan muayyan imkoniyat o‗rtasidagi 132 ziddiyatdir. Ayrim falsafiy adabiyotlarda muayyan va real imkoniyat bilan formal va abstrakt imkoniyat tenglashtiriladi. Bu holda real imkoniyat uni ro‗yobga chiqarish uchun shart-sharoit mavjudligi bilan, formal yoki abstrakt imkoniyat esa – ayni paytda imkoniyatni voqelikka aylantirish uchun shart-sharoit mavjud emasligi bilan belgilanadi. Murakkab sistemalar uchun, odatda, rivojlanishning bir necha muqobil yo‗llari mavjud bo‗ladi. Ayni bir muhitda har xil strukturalar vujudga kelishi, rivojlanish jarayoni ko‗p variantli tarzda amalga oshishi, buning natijasida rivojlanishda kutilmagan burilishlar yuz berishi mumkin. Shu bois prognoz va taxminlar ishonchsiz yoki yanglish bo‗lishi mumkin. Shunga qaramay, mazkur muhitda evolyutsiyaning har qanday turi emas, balki yo‗llarning muayyan doirasigina mavjud bo‗lishi mumkin. Muqobil imkoniyatlar o‗rtasidagi miqdoriy nisbat matematik jihatdan ehtimol tutilgan ayrim voqea yuz berishining ehtimollik darajasi sifatida ifodalanishi mumkin. Inson o‗z faoliyatida real imkoniyatlarni hisobga oladi va ularni voqelikka aylantirish uchun zamin hozirlaydi. Bu kategoriyalar borliqning protsessualligiga, ya‘ni uning shakllanish jarayoniga urg‗u beradi. Ma‘lumki, yo‗q narsadan biron-bir yangilik vujudga kelmaydi, u faqat eski narsaning muayyan xossalari, jihatlari negizida vujudga kelishi mumkin. Yangi narsaning borlig‗i uning potentsial holatida imkoniyat hisoblanadi.Imkoniyatning etuklik darajasi imkonsizlikdan voqelikkacha bo‗lgan doirada o‗zgarishi mumkin. Bu jihatdan imkoniyatni tavsiflashni uning sifat va miqdor me‘yorlarini hisobga olib amalga oshirish mumkin. Sifat jihatidan imkoniyatlar formal va real bo‗ladi. Amalga oshish ehtimoli past, aniqroq aytganda nolga yaqin bo‗lgan imkoniyat formal hisoblanadi. Bunday imkoniyatga tabiiy va ijtimoiy rivojlanish qonunlari yo‗l qo‗yadi. Shu ma‘noda u tabiiy va ijtimoiy borliq qonunlariga mutlaqo zid bo‗lgan imkonsizlikdan butunlay farq qiladi; obyektiv dunyo qonunlariga zid bo‗lgan narsa imkonsizlik hisoblanadi. Masalan, boqiy dvigatelь yasash mumkin emas; insonning umrboqiyligi mumkin emas va sh.k. Amalga oshishi uchun barcha zarur sharoitlar vujudga kelgan real imkoniyat amalga oshirishning oliy darajasiga ega bo‗ladi. Masalan, insonning kosmosga uchish imkoniyati bir paytlar formal bo‗lgan, endilikda u real tus oldi. Imkoniyatning miqdoriy tavsifi aniqroq bo‗ladi. Agar imkonsizlikni «0» bilan, voqelikni esa «1» bilan ifodalasak, «0» dan «1» gacha bo‗lgan oraliq qiymatlarning barchasi imkoniyat darajasini tavsiflaydi. Ehtimollikning shartli o‗qi atrofida imkoniyatning butun doirasini ko‗rsatish mumkin. Abstrakt imkoniyatlarni imkoniyatsizlik bilan ham aynanlashtirish mumkin emas. Chunki birinchisi, obyektiv qonuniyatlar bilan bog‗liq, ikkinchisi esa mutlaqo unga qarama-qarshi bo‗ladi. Binobarin, abstrakt imkoniyatlarning ayrimlarida konkret sharoitga ko‗ra voqelikka aylanish ehtimoli bo‗lishi mumkin. Jumladan, o‗tgan asr boshida koinotga uchish, uni tadqiq etish abstrakt imkoniyat holatida edi, ammo fan-texnika taraqqiyoti natijasida asr o‗rtalarida bu real imkoniyatga aylandi. Demak, abstrakt va real imkoniyat o‗rtasidagi tafovut nisbiy bo‗lib, rivojlanishning muayyan bosqichlarida birinchisi ikkinchisiga aylanishi ham mumkin ekan. Xullas, tabiiy va ijtimoiy hayotdagi imkoniyatlarga bir xil o‗lchov bilan yondashish, ularni bir xil usulda ro‗yobga chiqadi, deb qarash xatodir. Tabiatda imkoniyatlar stixiyali tarzda, obyektiv sharoitlar bag‗rida voqelikka aylanishi bilan chegaralanadi. Jamiyatda esa imkoniyatning voqelikka aylanishida o‗zgacha mazmun bor, bunda imkoniyatni voqelikka aylantiradigan moddiy, tashkiliy, siyosiy omillardan tashqari, ma‘naviy shart-sharoitlar ham zarur. Bunga odamning ongi, irodasi, maqsadi, uyushqoqliligi, faolligi va boshqalar kiradi. Masalan, bugungi o‗tish davri ijtimoiy rivojlanish qonuniyati bilan belgilanadigan obyektiv vaziyatlar bilan bog‗liq. Lekin bunga subyektiv vaziyat, ya‘ni fuqarolar faolligi, ularning tub o‗zgarishlarga tayyorligi, davlat va nodavlat tashkilotlari faoliyati kabilar qo‗shilmasa, bu ish muvaffaqiyatli bo‗lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy hodisalarning mazmun-mohiyatini aniqlashda va maqsadga muvofiq yo‗naltirishda subyektiv omillarga ham e‘tibor berish lozim. Bugungi jamiyatimizning tabiatiga ko‗ra, birinchidan, turli imkoniyatlarning voqelikka aylanishi uchun umummilliy an‘analar, xalqaro tajriba, mamlakatimizda demokratik hayot barpo etish kabi shart-sharoitlar 133 mavjud, ikkinchidan, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va g‗oyaviy birligi asosida, sobiq ittifoq davrida aslo bo‗lmagan yangi imkoniyatlar vujudga kelib, ro‗yobga chiqmoqda. Ba‘zan real imkoniyatlar o‗zaro raqobatlashadi va ularning biri amalga oshsa, boshqasi amalga oshmaydi (muqobil imkoniyatlar). Inson maqbul imkoniyatlar amalga oshishi uchun sharoit yaratish yo‗li bilan voqealar jarayonini kerakli tomonga yo‗naltirib, unga faol ta‘sir ko‗rsatishga qodir. .Imkoniyat rivojlanishning obyektiv tendentsiyalarini aks ettiradi, u qonuniyat, zaruriyatga, o‗zgarayotgan narsaning muhim tomonlariga muvofiq yuzaga keladi. Shuningdek, Imkoniyat – narsaning uning tugallanmagan, potentsial rivojlanishidagi obyektiv mavjud bo‗lgan va ichdan belgilangan holatini aks ettiruvchi falsafiy tushuncha. Har bir vaziyatda imkoniyatlarning muayyan to‗plami mavjud bo‗lib, ulardan biri amalga oshgani boshqalari chetda qolganini anglatadi. Imkoniyatlarning «kurashi» va amalga oshish xususiyatiga ichdan zarur tendentsiyalarga nisbatan tasodifiy hisoblangan sharoitlar o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. Shu sababli voqelik doim ichki va tashqi, mohiyat va hodisa, zaruriyat va tasodifning dialektik birligidan iborat bo‗ladi. Ijtimoiy rivojlanish va tabiatning o‗zgarishi sohasida imkoniyatning voqelikka aylanishi kishilarning ongli yo‗l tanlashi va faoliyati bilan tartibga solinadi. Ammo imkoniyat qanday obyektiv asoslarga ega bo‗lsa, imkonsizlik ham shunday obyektiv asoslarga egadir. Imkonsizlik – ikoniyatga zid tushuncha. Imkonsizlik tushunchasi ikki xil ma‘no kasb etadi. Birinchi – predmetning tabiatiga mos kelmaydigan narsa bo‗lishi mumkin emas. Masalan, arpa urug‗idan bodring etishtirish mumkin emas. Imkonsizlik tushunchasining boshqa bir ma‘nosi imkoniyat va zaruriyat kategoriyalarining munosabatlari bilan bog‗liq. Zaruriyat va imkoniyat – bir zanjir bo‗g‗inlari: rivojlanayotgan predmet zaruriyati uning boshqa bir holati bo‗lishi mumkinligini belgilaydi. Ammo predmetning rivojlanishida, odatda, ko‗p sonli muqobil imkoniyatlar mavjud bo‗lgani bois, ulardan birini tanlash zaruriy hisoblanmaydi. Bir imkoniyatning ro‗yobga chiqishi qolgan imkoniyatlarni ro‗yobga chiqarish imkonini bermaydi. Tuzatib bo‗lmaydigan oqibatlarga olib kelgan qabul qilgan qarori, o‗ylamasdan sodir etgan qilmishidan afsus chekmagan odam topilmasa kerak. Ba‘zan imkonsizlik boy berilgan imkoniyat tarzida mavjud bo‗ladi. Bu holda imkoniyat imkonsiz bo‗lmagan narsa sifatida va ayni vaqtda zarur bo‗lmagan narsa sifatida namoyon bo‗ladi. Har bir predmet ko‗p sonli aloqalar yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi muayyan muhitda mavjud bo‗ladi. Shu sababli muhim yoki ikkinchi darajali, tasodifiy yoki zaruriy bo‗lishi mumkin bo‗lgan ko‗p sonli imkoniyatlar mavjuddir. Imkoniyatning ro‗yobga chiqishida ichki va zaruriy aloqalar muhim rol o‗ynaydi, ammo uning ro‗yobga chiqish shartlari, garchi ular tasodifiy xususiyatga ega bo‗lsa-da, rivojlanish jarayoniga sezilarli darajada, ba‘zan hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Ayni shu sababli voqelik ham zaruriy va tasodifiyning birligi hisoblanadi. Imkoniyat va voqelik bir-biridan farqlanadi, lekin ularni ayrim olingan holda mutlaqlashtirish yaramaydi, bir-biridan ajratib qo‗yish ham xatodir. Ammo falsafa tarixida imkoniyat va voqelikni dunyodan ajratib, uning mazmunini inkor etish, imkoniyat va voqelik faqat ruhning, g‗oyaning, tafakkurning mahsulidir, sezgilarning yig‗indisidir, inson istak- irodasining ko‗rinishidir, deb tushuntirishlar bo‗lgan. Zamonaviy falsafa imkoniyat va voqelikni ilmiy tushuntirib, bu kategoriyalar dunyodagi aloqadorlik va rivojlanishning muhim xususiyat, tomonlarini ifodalaydi, olamdagi narsalarning bir shakldan ikkinchi shaklga o‗tishini, taraqqiyotning oddiydan murakkabga qarab yo‗nalishini, eskilik bilan yangilik o‗rtasidagi qarama-qarshi munosabatlarni bildiradi. deb hisoblaydi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling