7 -mavzu. Falsafiy kategoriyalar «Kategoriya»
Imkoniyat va voqelik dialektikasi
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
7 mavzu. (3)
Imkoniyat va voqelik dialektikasi. Imkoniyat va voqelik qarama-qarshi tomonlarning
birligi sifatida dialektik munosabat, o‗zaro bog‗liqlikda mavjud bo‗ladi, ular bir-birini ham taqozo qiladi, ham istisno etadi. Agar voqelik amalga oshgunga qadar imkoniyat bo‗lib tursa, unda yangi imkoniyat eski voqelik bag‗rida aniq sharoitda yuzaga keladi. Imkoniyatlar konkret vaziyat, shart-sharoit, omillar bilan bog‗liq bo‗lib, turli shakllarda ro‗yobga chiqishi, ya‘ni voqelikka aylanishi mumkin. Shunisi ham borki, bir xil imkoniyatni aniq bir shaklda voqe bo‗ladi, deb qarash noto‗g‗ri. Masalan, bir xil ekin maydoniga, bir xil ishlov berib, bir xil urug‗lik ekilishiga qaramay, boshqa-boshqa xo‗jaliklarda turlicha hosil olinishi mumkin. Yoki organizmning quvvatiga bog‗liq ravishda muayyan kasallik turli bemorlarda turlicha kechishi mumkin. Demak, bundan ko‗rinib turibdiki, imkoniyatning voqelikka aylanishi har xil omillarga bog‗liq ekan. Amaliy faoliyatda doim imkoniyatni voqelikdan hamda imkoniyatni imkoniyatsizlikdan ajrata bilishga o‗rganish kerak. Mumkin bo‗lmaydigan narsani mumkin bo‗ladigan narsa yoki hodisa qilib ko‗rsatish yaramaydi yoki aksincha, mumkin bo‗ladigan narsani mumkin bo‗lmaydigan narsa qilib ko‗rsatish ham voqelikning mohiyatini, imkoniyat va voqelik dialektikasini noto‗g‗ri tushunish asosida kelib chiqadi. Bu hol falsafada g‗ayriilmiy qarash va xulosaga olib keladi. Imkoniyat va voqelik muayyan mazmunga ega bo‗lgan olam hodisalarining ikki tomoni, rivojlanishning boshlanish momenti va nihoyasi, uzluksiz taraqqiyot jarayonining bir-biri bilan bog‗liq, bir-birini tavsiflaydigan halqalaridir. Rivojlanish uzluksiz imkoniyatlarning vujudga kelishi, ularning voqelikka aylana borishidan iborat jarayondir. Bunda imkoniyat endigina kurtak otayotgan, ro‗yobga chiqishi lozim bo‗lgan hodisa bo‗lsa, voqelik esa ba‘zi hollarda o‗z umrini tugallayotgan, eskirish jarayonida intihosiga qarab borayotgan hodisadir. Binobarin, imkoniyat 135 va vo-qelik olam rivojlanish jarayonida tutgan o‗rni, taraqqiyot darajasiga ko‗ra bir narsani yoki hrdisani ikkinchisidan farqlantiradigan kategoriyalardir. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling