Ijobiy imij omad garovi, barqarorlik va ishonch timsolidir.
Pedagoglar har tomonlama ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etishi bilan birga o‘zlarining tashqi qiyofasiga ham e’tibor berishi lozim. Tashqi qiyofa orqali o‘quvlarning qiziqishlarini orttirgan holda, o‘zini namoyon qila olish, o‘ziga og‘dira olish va e’tiborni qarata olish ta’lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshiradi. Pedagoglarda faqatgina iste’dodining o‘zi etarli emas, balki o‘quvchilarga yoqa olishni ham bilishi kerak.
Pedagog imiji - uning ma’naviy-axloqiy qiѐfasi bilan tashqi ko‘rinishi o‘rtasidagi o‘zaro uyg‘unlik, mutanosiblikdir.
―O‘zini taqdimot qilishning umumiy texnologiyasi‖da 4 ta asosiy texnologik jihatlar mavjud:
1.Qiѐfa vizualizatsiyasi (tashqi qiѐfa)
2.Kommunikativlik (muloqot qilish)
3.Verbal effekt (notiqlik).
4.Flyuid nurlanish (tashqi emotsiya).
Qiѐfa vizualizatsiyasi quyidagilarda namoѐn bo‘ladi:
• kinetika: tana nafisligi, hatti-harakat va holat elegantligi, ishora san’ati.
•kiyinish usuli: erkak va aѐllar uchun zamonaviy moda olami tendensiyalari asosida klassik uslubda kiyinib yurish, aksessuarlar samaraligi.
•feysbilding: yuz gigienasi, makiyaj, sochlarni parvarishlash va mos soch turmagini tanlash.
Kommunikativlik deganda, o‘zaro to‘g‘ri muloqot qilish qoidalariga rioya qilish nazarda tutiladi, ya’ni suhbatdoshga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, shaxsiy jozibadorlikdan foydalash, suhbatdoshga ѐlg‘on mulozamat qilmaslik, haqiqatni noto‘g‘ri talqin qilmaslik va h.k.
Verbal effekt esa quyidagilarda namoѐn bo‘ladi:
oѐqlarning yig‘ilgan holatda turishi;
qo‘llarning me’ѐrida harakatlanishi;
ovoz tembrining juda yuqori emasligi ѐki aksincha yuqoriligi;
ifodali nutqni rivojlantirish;
mazmunli nutq .
Do'stlaringiz bilan baham: |