7-amaliy mashg’ulot. Yo‘l poyini o‘ymada qurish va o‘yma gruntlaridan yo‘l poyi ko‘tarmasini ko‘tarish texnologik jarayonlari hisobi. Ishning mаqsаdi
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
16.1-
rasm. Har xil sharoi tda ishlay digan buldoz erning qirqishidan hosil bo‘lgan grunt payrahasining shakllari Og‘ir gruntlarni kavlash va qirqishga qarshilik juda katta bo‘lishi mumkin, bunda grunt kerakli miqdorda to’planmasa ham, ag’dargich birmuncha balandlikka ko‘tariladi. Bu holda traktor dvigateli normal oborot olishi bilan ag’dargichni qaytadan va ko’p martalab botirishga to’g’ri keladi. Bunday qirqishda taroqsimon shakl hosil bo‘ladi (7.1, b-rasm). bunda uch marotaba botirishda o‘rtacha qiyinlikdagi (II va III guruh) gruntlar uchun shaklni quyidagi o‘lchamlari taklif qilinadi: h1 = 25 ‚ 30 cm, l1 = 3 ‚ 3,5 m; h2 = 15 ‚ 12 sm, l2 = 2 ‚ 2,5 m; h3 = 12 ‚ 10 sm, l3 = 1,5 ‚ 2,0 m. O‘yma va grunt karyerlarini eksqavator bilan qazish, ko‘tarma qurish. Ishchi qurilmaning turi, cho’mich hajmi, yurish qismining turi, ishchi qurilmaning aylanishini chegaralash darajasiga qarab har xil eksqavatorlardan foydalanish maqsadida avtomobil yo‘llarining ko‘tarmasining eksqavator yordamida quriladi. Grunt va iqlim sharoitiga, ishning muddati va hajmiga, gruntni tashish sharoitiga va boshqa bir omillarga eksqavator turi, modeli va ishchi qurilmasi tanlanadi. Ish unumdorligi katta bo‘lgan rotorli eksqavatorlar bir joyga yig’ilgan katta hajmli (ob'ektda grunt hajmi 20 ming m3 dan ko‘p) ishlarda qo‘llanadi. Bir cho’michli eksqavatorlar, asosan, yumshatilgan tog’‘ jinslari, tarkibida juda zich gilli gruntlar bo‘lgan har xil gruntlar, agar skreper, buldozer yoki boshqa yer mashinalarini ishlatish noqulay bo‘lsa, qazishda qo‘llanadi. Gusenitsali eksqavatorlar bir yerga yig’ilgan, tez-tez joyini o‘zgartirish talab qilinmaydigan, bo‘sh asos bo‘lganda, pnevmoshinali eksqavator tez ishdan chiqadigan tog’‘ jinslarini kavlash ishlarida qo‘llanadi, Pnevmog‘ildirakli eksqavatorlar bir yerga yig‘ilmagan ishlarda yuk ko‘tarish qobiliyati kerakli darajada bo‘lganda, maqsadga muvofiq. Ishning asosiy hajmi to‘g‘ri kurak bilan jihozlangan eksqavatorlarda olib boriladi; draglayn va teskari kurakli eksqavatorlar kam ishlatiladi. Draglayn, agar eksqavatorning o‘zi turgan joyi sathidan pastdagi grunt kavlansa, grunt suvlari ta'siri yoki boshqa sababdan ish olib borish qiyin bo‘lsa, ko‘tarmani yon rezervdan olib qurish kerak bo‘lsa, o‘ymani o‘yishda grunt ag’dargichga tashlansa, qo‘llanadi. Teskari kurakli eksqavatorlar, asosan, transheyalar va poydevor osti kotlovanlarini qazishda qo‘llanadi. Quvvati (ish unumdorligi) bo‘yicha eksqavatorlar ob'ektdagi ishning hajmiga qarab tanlanadi. Odatda, eksqavatorlar transport vositalari avtomobil-samosval yoki tashigichlar bilan birga ishlatiladi. Ayrim hollarda grunt 200-300 m uzunlikdagi tasmali zvenoli transporterlar bilan tashiladi. Ular, ko‘pincha, uncha katta bo‘lmagan masofalarga (1-3 km) grunt tashishda qo‘llanadi. Transport vositasini tanlash eksqavatorning ish unumdorligiga (cho’mich sig‘imi) va gruntni tashish masofasiga bog‘liq bo‘ladi. Bitta cho’michli eksqavatorning ish unumdorligi: Ю s В Т К t К ТVК П 3600 , bu yerda: T – ish smenasining davomiyligi, soat (besh kunlik ish haftasida 8,2 soat olinadi); V – eksqavator cho’michining sig‘imi, m3; KT – cho’michni to‘ldirish koeffitsienti; KV - vaqtdan foydalanish koeffitsienti; KYu – gruntni yumshatish koeffitsienti; tS - eksqavatorning ish siklining davomiyligi, s. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling