7-bob. Dinamika Qatorlari


“Istiqlol” supermarketida tovar zaxiralari qoldig‘i 7.1-jadval


Download 363.83 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi363.83 Kb.
#1583613
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7-mavzu lotin

“Istiqlol” supermarketida tovar zaxiralari qoldig‘i 7.1-jadval


Tovar qoldig‘i,


mln.so‘m

Oylar

1.01

1.02

1.03

1.04

130,0


134,3


132,0


138,4


7.1-jadvalda keltirilgan qator dinamika qatorining payt (moment)li turiga kiradi. CHunki uning hadlari “Istiqlol” supermarketi bo‘yicha tovar qoldiqlarini faqatgina bir payt (oy boshi) ga ko‘rsatmoqda. Tovar (yoki pul) qoldiqlarini hisobga olishni boshqa yo‘li xam yo‘q, chunki tovarlar bir tomondan sotib olinaveradi, ikkinchi tomondan sotilaveradi.


Davriy dinamika qatorlarida esa hadlar davr oralig‘i (interval)da beriladi. Masalan, bir oy (yoki yil) da ishlab chiqarilgan mahsulot, sotilgan tovarlar hajmi, ekilgan er maydoni va h.k.
7.2-jadval
2009-2013 yillarda “Istiqlol” supermarketida sotilgan tovarlar hajmi (tovar oboroti) dinamikasi

CHakana tovar oboroti, mlrd.so‘m

Yillar

2009

2010

2011

2012

2013

150


168


179


186


191


7.2-jadvalda keltirilgan qator davriy dinamika qatoriga misol bo‘la oladi. CHunki uning hadlari bir yil ichida sotilgan tovarlar yig‘indisidan tashkil topgan.


Paytli va davriy dinamika qatorlari hodisani vaqt bo‘yicha o‘zgarishini ifodalashi bilan bir-biriga o‘xshash, lekin ular o‘ziga xos xususiyatlarga ega:

  1. Davriy dinamika qatorlarining hadlarini qo‘shish mumkin va olingan natija real ma’noga ega bo‘ladi. Masalan, oylik tovar oboroti hajmidan yillikka, yillikdan besh yillikka o‘tish mumkin. Bu ishni bajarish bilan biz faqat hadlarni hajmini ko‘paytirmasdan yangi keng intervalli qatorlar tuzishga ham erishamiz.

  2. Davriy dinamika qatorlarini ikki darajada, ya’ni faqat shu davr uchun va o‘sib boruvchi jamlarda hisoblash mumkin. Bunday qatorlar bank tizimida keng ishlatiladi.

  3. Momentli dinamika qatorlarining darajalarini qo‘shish natijasi iqtisodiy mazmunga ega emas, chunki ularni qo‘shib hisoblamoqchi bo‘lsak, u holda takroriy qayta hisoblashlarga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz.

SHunday qilib, dinamika qatorlari yordamida ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: vaqt bo‘yicha rivojlanish darajasini baholash; statistik ko‘rsatkichlar tizimi vositasida o‘rganilayotgan hodisaning dinamikasini o‘lchash; rivojlanishning asosiy tendensiyalarini aniqlash va miqdoriy baholash; davriy tebranishlarni o‘rganish; bashoratlash va ekstrapolyasiya qilish.



Download 363.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling