7-bob. Dinamika Qatorlari
Dinamika qatorlarini statistik tahlil qilish ko‘rsatkichlari
Download 363.83 Kb.
|
7-mavzu lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mutlaq o‘zgarish
- O‘zgarish sur’ati
7.2. Dinamika qatorlarini statistik tahlil qilish ko‘rsatkichlari
O‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning dinamikasini miqdoriy tomondan baholashda quyidagi statistik ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: mutlaq o‘zgarish; o‘zgarish sur’ati, qo‘shimcha o‘zgarish sur’ati; bir foiz o‘zgarishning mutlaq mohiyati. Dinamika qatorlari ko‘rsatkichlarini hisoblash ikkita davr darajasini taqqoslash natijasida olinadi. Odatda, taqqoslanadigan daraja sifatida qatorning birinchi yoki o‘zidan oldingi yil darajasi qabul qilinadi. Taqqoslanish usuliga qarab, bu ko‘rsatkichlar o‘zgaruvchan va o‘zgarmas bazali ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Ularni bazisli va zanjirsimon ko‘rsatkichlar ham deb atashadi. Bazisli deyilishiga sabab qatorning barcha hadlari baza deb qabul qilingan bitta had bilan taqqoslanadi. Zanjirsimonda esa har bir taqqoslashda taqqoslash bazasi o‘zgarib boradi. Mutlaq o‘zgarish deb, dinamika qatori ikki hadining farqi (ayirmasi)ga aytiladi. Mutlaq o‘zgarish bazis usulida quyidagi formula bilan hisoblanadi: Zanjirsimon usulda esa quyidagi ko‘rinishda hisoblanadi: Bu erda: va –bazisli va zanjirsimon usullarda hisoblangan mutlaq o‘zgarish; –taqqoslanuvchi had; – baza deb qabul qilingan taqqoslanadigan had; - taqqoslanuvchi haddan oldin keluvchi taqqoslanadigan had. 7.2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida mutlaq o‘zgarish ko‘rsatkichlarini hisoblaymiz:
Mutlaq o‘zgarish salbiy (minus) belgiga ham ega bo‘lishi mumkin. Bu taqqoslanuvchi had taqqoslanadigan haddan kichik ekanligini bildiradi. Bazisli va zanjirsimon usulda hisoblangan mutlaq o‘zgarish ko‘rsatkichlari o‘zaro bog‘liqdir: zanjirsimon usulda hisoblangan mutlaq o‘zgarishlar yig‘indisi (Yz) bazis usulda hisoblangan oxirgi mutloq o‘zgarishiga (Yb oxirgi) tengdir. Yz=Yb (oxirgi), ya’ni 18+11+7+5 = 41 mlrd.so‘m. Dinamikani o‘rganishda eng ko‘p tarqalgan va ishlatiladigan ko‘rsatkich o‘zgarish sur’atidir. O‘zgarish sur’ati deb qatorning ikki hadining nisbatiga aytiladi. Bu ko‘rsatkich koeffitsientda va foizda (%) ifodalanadi va quyidagi formulalar bilan aniqlanadi:
O‘zgarish sur’ati bir yoki 100% dan yuqori bo‘lsa, demak bazis davrga nisbatan ko‘rsatkich o‘sgan, agar u bir yoki 100% ga teng bo‘lsa, hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan, agarda bir yoki 100% dan past bo‘lsa, o‘rganilayotgan had o‘zidan oldingi hadga nisbatan kamayib ketgan. SHu erda bir narsani qayd qilish mumkin. Statistika bo‘yicha chop qilingan ko‘pgina adabiyotlarda bu ko‘rsatkich o‘sish sur’ati nomi bilan yuritiladi va u doimo ijobiy belgiga ega bo‘lish kerakligi ta’kidlanadi. YUmshoqroq tilda aytilganda bu fikr unchalik ham noto‘g‘ri emas. Lekin hayotda barcha ko‘rsatkichlar har doim ham o‘sishi mumkin emasligini esdan chiqarmaslik kerak. SHu sababli, biz bu ko‘rsatkichlarni o‘zgarish sur’atlari deb atashni afzalroq, hisoblaymiz. Mutlaq ko‘rsatkichlarga o‘xshab o‘zgarish sur’atlari ham o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlardir, ya’ni zanjirli o‘zgarish sur’atlarining ko‘paytmasi bazisli o‘zgarish sur’atiga, bazisli o‘zgarish sur’atining o‘zaro bo‘linmasi tegishli davrdagi zanjirsimon o‘zgarish sur’atiga teng: yoki 1,120•1,065•1,039•1,027=1,273 Download 363.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling