7-maruza: bo’shliqichlilar (coelenterata) tipi


Taroqlilar (Ctenophora) tipi


Download 51.81 Kb.
bet10/11
Sana13.04.2023
Hajmi51.81 Kb.
#1350691
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-MARUZA

Taroqlilar (Ctenophora) tipi


Taroqlilar -yakka yashovchidengiz hayvonlari. Ko’pchilik turlari suv qa’rida, boshqalari suv tubida o’rmalab hayot kechiradi. Tanasi bo’shliqichlilarga o’xshash ektoderma va endodermadan iborat. Bu qavatlar o’rtasida mezogleya bo’ladi. Ko’pchilik taroqlilarning yopishuvchi hujayralari bo’ladi; Shaklan o’zgargan kipriklar yordamida harakatlanadi. 90 ga yaqin turlari bitta sinfni tashqil etadi.


Taroqlilar (Ctenophora) sinfi. Tanasi odatda xaltaga o’xshash, bir uchida og’iz teshigi (oral qutb), ikkinchi uchida chiqaruv teshigi (aboral qutb) joylashgan. Tana asosiy o’qi shu ikki qutb orqali o’tadi. Asosiy o’q orqali ikki simmetriya yuzani o’tkazish mumkin. Shu sababdan ularni ikki nurli simmetriyali hayvonlar deyish mumkin. Ammo ko’pchilik organlar (taroq plastinkalar, radial naylar, jinsiy bezlar) asosiy tana o’qi boylab 8 tadan joylashgan bo’lib, ularda ikki va sakkiz nurli simmetriya belgilari mujassamlashgan. Taroqlilarda ilk bor embrion varaqlar, muskul to’qimasi va harakat organlari

  • taroqsimon plastinkalar paydo bo’lgan. Muvozanat vazifasini maxsus aboral organ bajaradi (43-rasm).

Taroqlilar tanasi ikki yonida ikkita uzun shoxlangan paypaslagichlar joylashgan. Paypaslagichlar cho’zilishi yoki maxsus xalta ichiga joylashib olib, qisqarishi mumkin. Paypaslagichlarda joylashgan juda ko’p yopishqoq hujayralar o’ljasini ushlab turishga xizmat qiladi. Ayrim taroqlilarda paypaslagichlar bo’lmaydi. Taroqlilar tanasi sirti boylab oral va aboral qutbi oralig’ida 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir plastinka asoslari orqali o’zaro yopishgan qator kipriklardan iborat. Tarochalarni bir meyorda silkinishi tufayli hayvon harakat qiladi. Mezogley tiniq moddadan iborat. Undagi taroq plastinkalari va paypaslagichlari ostida muskul hujayralari to’p bo’lib joylashgan9.


Hazm qilish sistemasi. Og’iz teshigi ektodermal yassi halqumga ochiladi. Halqum endodermal oshqozon bilan tutashgan. Xaltaga o’xshab oshqozon halqumga perpendikulyar yo’nalishda yassilashgan. Paypaslagichlari ana shu yuzada joylashgan. Oshqozondan beshta nay boshlanadi.



9 И.Х. Шарова ЗООЛОГИЯ БЕСПОЗВОНОЧНЫХ. Москва, ”Владос”, 2004.-592 s. 122-151

Download 51.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling