7-mа’ruzа: sifat, son so’z turkumlari ( soat )


Download 135 Kb.
bet7/12
Sana02.01.2022
Hajmi135 Kb.
#190017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-7-maruza.

Birliklar

0ʻnliklar

Yuz, ming va b.

bir - 1

ikki — 2

yc — 3

tѳrt — 4

beş — 5

alti — 6

yetti — 7

sekkiz — 8

toqquz — 9


on — 10

yigirmi


yigirma — 20

ottuz — 30

qirq - 40

ellik


elli - 50

altmış- 60

yetmiş - 70

seksan — 80

toqsan - 90


yüz100

miŋ — 1000

tuman - 10000

lak — 100000

yüz tuman — 1000000

2, 7, 8, 9, 30, 50 sonlari tarkibidagi oʻrtada kelgan [k], [t], [q], [1] undosh tovushlar arab yozuvida bir belgi bilan beriladi: iki (2), yeti (7), sekiz (8), toquz (9), otuz (30), elik (50).

20 soni XIII-XIV asrlarga oid yodgorliklarda asosan oxirgi unlisi [i] bilan kelgan yigirmi shaklida yozilgan. XV asr va undan keyingi davrlarga oid manbalarda yigirmi shaklida ham, yigirmä shaklida ham yozilavergan. Mahmud Koshgʻariyning koʻrsatishicha, XI asr tilida asosan yigirmä, baʻzan yigirmi tarzida talaffuz qilingan (MK, III tom, 55-bet). 0ʻrxun-Enasoy va qadimgi turkiy tiliga oid yodgorliklarda oxirgi unlisi (i) bilan kelgan yigirmi shaklida yozilgan.

XIII-XIV asrlarga oid ayrim manbalarda 50 soni oxirgi (k) undoshisiz eli(-elli) shaklida ham yozilgan: alti yüz eli ikki (Tafsir).

80, 90 sonlari sekiz, toquz sonlariga on sonining qoʻshilishi asosida hosil boʻlib (sekiz on, toquz on), seksän, toqsan shakllari keyingi davrlarda shakllangan. Sekiz on, toquz on shakllari qadimgi turkiy tili yodgorliklarida qoʻllangan, “Devonu lugʻatit-turk”da ham koʻrsatilgan (MK, 1-tom, 410-bet).

Eski oʻzbek tilida tuman, lak sonlari yakka holda qoʻllanmagan, bular oldidan albatta kichik miqdordagi son birga keladi: Bir tuman xalq qırıldi bari (SHN).




Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling