7-mа’ruzа: sifat, son so’z turkumlari ( soat )


Download 135 Kb.
bet9/12
Sana02.01.2022
Hajmi135 Kb.
#190017
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
6-7-maruza.

Tartib son

Tartib son sanoq songa -nchı/-nchi (undoshdan keyin: -ınchi/-inchi, -unchi/-ünchi) affiksini qoʻshish yoʻli bilan hosil boʻladi. Bu affiksning qanday shaklda ishlatilishi sanoq sonning xususiyatiga bogʻliq. Unli bilan tugagan sanoq sonlarga -nchı/-nchi shakllari qoʻshiladi: ikkinchi, altınchı, yettinchi, yigirmänchi. Undosh bilan tugagan sanoq sonlarga -ınchı/-inchi shakllari qoʻshiladi: birinchi, beshinchi, sekkizinchi, qırqınchı kabi. Tarkibida lab unlisi boʻlgan, undosh bilan tugagan sanoq sonlarga -unchı/-iinchi shakllari qoʻshiladi: üchünchi, tѳrtünchi, tѳqquzunchı, onunchı,ottuzunchı kabi.

Tartib son affiksi, yozma manbalardan maʻlum boʻlishicha, turkiy tillarda dastlab oxirgi [ı], [i] unlilarisiz -nch (-ınch/-inch, -unch/-iinch) koʻrinishida qoʻllangan: birinch, ikinch, üchünch, beshinch, altinch, yetinch, sekizinch, toquzunch, onunch kabi. Masalan, 0ʻrxun-Enasoy va qadimgi turkiy (uygʻur) tili yodgorliklarida tartib sonning shu shakli qoʻllangan.

Ayrim yodgorliklarda tartib sonning -lanchı/-lenchi affiksi bilan yasaluvchi shakli ham qoʻllangan: Sansa beg ikkilänchisi (QR),



Birinchi va ikkinchi tartib sonlarining ifodalanishida baʻzi bir oʻzgachaliklar bor:

1. Birinchi tartib soni maʻnosida ayrim manbalarda avvalgʻı soʻzi ham qoʻllangan: Avvalgʻı daftar bashında yād qıldımız (Tafsir).

2. Ikkinchi tartib soni XIII-XIV asrlarga oid ayrim yodgorliklarda ikindi (ikindü) shaklida ham qoʻllangan: Ikindi namāzıgʻa tegi (QR). Ikindü namazım aytur (Tafsir).

Tartib sonning ikindi shakli “Devonu lugʻatit-turk”da ham koʻrsatilgan (MK, 1-tom, 158-bet), 0ʻrxun-Enasoy va qadimgi turkiy tili yodgorliklarida ikinti shaklida ishlatilgan.



Jamlovchi son

Jamlovchi son sanoq sonlarga -agʻu / -ägü, -agʻun / -egun, -av/ äv, -avlan/ ävlän, -ala/älä afflkslarini qoʻshish yoʻli bilan hosil boʻladi.

Bu affikslar etimologik jihatdan bir-biri bilan bogʻliq, yaʻni biri ikkinchisidan rivojlangan. Masalan, -ala / -älä affiksi –avlan / -ävlän affiksining qisqargan shaklidir (üchävlän > üchävlä >üchälä, altavlan > altavla > altala). -avlan / -ävlän affiksi -av / - äv affiksiga -lan / -län qoʻshilishi bilan hosil boʻlgan (üchäv+län > üchävlän, altav+lan > altavlan). -lan / -län shakli esa oʻz navbatida jamlik, birgalik kabi maʻnolarni bildiruvchi -la / -lä va –n qoʻshimchalarining birikuvidan tashkil topgan qoʻshma affiksdir. Qiyoslang: bir+lä+n>bilän (koʻmakchi).

-av / -äv affiksi -agʻu / -ägü affiksi asosida shakllangan (onagʻu > onavu > onav, üchäv > üchävu > üchäv). -agʻu / -ägü affiksi dastlab -gʻu / -gü shaklida boʻlgan, yaʻni bu affiks ikki, altı sanoq sonlariga qoʻshilganda, son oxiridagi [i], [ı] unlilari [e], [a] ga aylanadi va affiks tarkibiga oʻtadi (ikigü>ikägü, altıgʻu>altagʻu).

Jamlovchi son shakllarining qoʻllanishi quyidagicha:



-agʻu / -ägü, -agʻun / -ägün affikslari bilan hosil boʻluvchi jamlovchi son shakllari XV asrdan oldingi davrlarga oid manbalarda qoʻllangan. -agʻu / -ägü affiksli shakl ancha keng isteʻmolda boʻlib, -agʻun / -ägün affiksli shakl ayrim manbalardagina uchraydi: Shahd-u shakar ikegü yanashıb (XSH).


Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling