7-mа’ruzа: sifat, son so’z turkumlari ( soat )


Belgining ortiqligini ifodalovchi shakllar


Download 135 Kb.
bet6/12
Sana02.01.2022
Hajmi135 Kb.
#190017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
6-7-maruza.

Belgining ortiqligini ifodalovchi shakllar. Bular intensiv shakllar deb ham ataladi.

Intensiv shakllarning tuzilishi boʻyicha eski oʻzbek tili bilan hozirgi oʻzbek tili oʻrtasida deyarli farq yoʻq. Navoiy oʻzining “Muhokamatul lugʻatayn” asarida bunday shakllar haqida gapirib, quyidagi misollarni keltirgan: āp-pāq, qāp-qara, qıp-qızıl, yup-yumalāgʻ, yap-yassı, āp-achugʻ, chup-chuqur, kѳm-kѳk, yam-yashıl,bom-boz.

Misollar: Anuŋ bashı sogʻuqtın āp-aq turur (0ʻN).

Intensiv shakl bir xil sifatning aynan takrorlanish yoʻli bilan ham hosil boʻladi: Qabagʻları keŋ-keŋ, agʻızları tar (Navoiy, ML).

2. Belgining kamligini ifodalovchi shakllar quyidagi yoʻllar bilan hosil boʻladi:

a) sifatlarga -mtul/-mtül yoki chıl/-chil affiksi qoʻshiladi: qaramtul, agʻımtul (aqimtil), yashımtul (ML), kѳkümtül (Abushqa), āqchıl (Sanglah); rangi qāramtul sarıgʻ turur (NF);

b) sifatlarga -gʻına/-ginä, qına/-kinä affiksi qoʻshiladi: Magar azqına, bir ancha rozgār kechti (Tafsir).



SON

Eski oʻzbek tilida ham sonning hozirgi oʻzbek tilidagi turlari mavjud boʻlgan: sanoq son, tartib son, jamlovchi son, dona son, chama son, taqsim son, kasr son. Shu bilan birga, bu sonlarning ifodalanish usullari va shakllari boʻyicha eski oʻzbek tilining oʻziga xos tomonlari ham bor.



Sanoq son

Sanoq sonlar eski oʻzbek tilida ham tuzilishiga koʻra sodda va tarkibli sanoq sonlarni tashkil etadi.Sodda sanoq sonlar birlik, oʻnlik, yuzlik, minglik shakllarga ega boʻlib, ularning umumiy koʻrinishi quyidagicha:




Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling