7-mа’ruzа: sifat, son so’z turkumlari ( soat )
Download 135 Kb.
|
6-7-maruza.
Tarkibli sanoq sonlar. Eski oʻzbek tilida ham tarkibli sanoq sonlarning hosil boʻlishida hozirgi oʻzbek tilidagi kabi oldin katta son, keyin kichik son keladi: on besh, yüz ottuz toqquz, miŋ toqquz yiiz oltı kabi.
Tarkibli sanoq sonlarning qismlari odatda yordamchi vositasiz birikadi (yuqoridagi misollarga qarang). Shu bilan birga, baʻzan qismlarning bogʻlovchi orqali birikish hollari ham uchraydi. Qiyoslang: Yigirmi dagʻı bir (SHN). Yılgʻa mıŋ sekkiz yüz-u toqsan edi (Furqat). Qadimgi turkiy yodgorliklar tilida tarkibli sanoq sonlarning tuzilishi boshqacha tartibda boʻlgan. Masalan, 0ʻrxun-Enasoy yodgorliklarida tarkibli sanoq sonlar quyidagi ikki usul bilan ifodalangan: a) kichik sonlar oldin, katta sonlar keyin keladi. Masalan, iki yigirmi — “oʻn ikki” (12) maʻnosida, yaʻni “yigirmaga tomon ikki” degan maʻnoda. Yana misollar: tѳrt yigirmi (14), altı otuz (26), iki qırq (32), üch elig (43), besh altmısh (55), toquz yetmish (69); b) katta son oldin, kichik son keyin keladi. Bunda tarkibli sanoq son qismlari III shaxs egalik shaklidagi artuqı (artuq+i) soʻzi yordamida bogʻlanadi. Masalan, otuz artuqı uch – “oʻttiz uch” (33) maʻnosida, yaʻni “oʻttizdan uch ortiq, oʻttizga uch qoʻshildi” degan maʻnoda. Eski oʻzbek tilida ham bir soni koʻp maʻnoliligi bilan boshqa sanoq sonlardan farqlanadi. Bir soni oʻz maʻnosida qoʻllanishidan tashqari yana bir qancha vazifalarni ham bajaradi. Bulardan asosiylari quyidagilar: 1. Noaniqlik maʻnosini bildiradi: Ogʻul bir ün qıldı (QR). Dasht ara Majnunnı kѳrdi bir kishi (Navoiy, LT). Bir ajab fıkr kѳŋülgä kelädiir (SHN). 2. Maʻnoni kuchaytirish, taʻkidlash uchun xizmat qiladi: Bir qıya baqsaŋ zakati husn üchün (Lutfiy). 3. Bir soʻzi juft soʻz shaklida takrorlanib qoʻllanganda, ikki tomondan boʻlgan ish-harakatning oʻzaro munosabati koʻrsatiladi: Biri-biri birlä xush bolsa erdi (XSH). Noaniq son. Bunday sonlar taxminiy, noaniq miqdorni koʻrsatib, mazmunan sanoq sonlarga yaqin turadi. Noaniq son eski oʻzbek tilida asosan kѳp, az soʻzlari bilan ifodalangan. Bunday soʻzlar mazmunan ikki guruhga boʻlinadi. Masalan, kѳp soʻzi shaxs yoki narsaning miqdori ortiqligini, az soʻzi esa kamligini koʻrsatadi. Masalan: Kѳp māllar xarj qılduq (QR). Ul yetmägän yer az bolgʻay erdi (Navoiy, M N). Eski oʻzbek tilida noaniq son maʻnosida forscha bisyar (koʻp) soʻzi ham qoʻllangan: Eshitmish-men ki, Banu kārdāndur // pari paykar dagʻı bisyār dāndur (Navoiy, FSH). XIII-XIV asrlarga oid manbalarda noaniq son maʻnosida qadimgi turkiy yodgorliklar tiliga xos boʻlgan telim (koʻp), ѳkiish (koʻp) soʻzlari ham ancha keng qoʻllangan: Telim kishilär ѳldi, tälim qān tѳkiildi (Tafsir).
Download 135 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling