Sintaktik usul. Bu usul murakkab shakl yoʻli bilan ifodalanadi, yaʻni sifatning daraja belgisi boshqa soʻz bilan qiyoslash orqali aniqlanadi. Qiyos uchun keltirilgan soʻz esa chiqish kelishigi shaklida boʻladi: Vale husn ichrä javhardın ārı-sen (MN,). Ichindäki suv sutdın āq, asaldın süchüg turur (NF).
Murakkab usul. Bu usul morfologik va sintaktik usullarning birikuvidan hosil boʻladi, yaʻni qiyos uchun keltirilgan soʻz chiqish kelishigi shaklida boʻladi, sifatga esa -raq/-räk affiksi qoʻshiladi: Anıŋ kѳzi kѳktiin kѳkräk erdi (0ʻN). Andın qattıqraq hāl bardur (Navoiy, MQ).
Orttirma daraja. Eski oʻzbek tilida sifatlardagi orttirma daraja maʻnosi eŋ, kѳp, asru, behad, bisyar, gʻayat, bagʻayat, heyli kabi soʻzlar yordamida ifodalangan. Masalan: Kѳp ıssıgʻ bir yer turur (0ʻN). Eŋ soŋgʻı etlär ulub (QR).
Belgining ortiqligi yoki kamligini ifodalovchi shakllar
Belgining ortiqligi yoki kamligi maʻnosi quyidagi vositalar yordamida ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |