Segment ko’rinishining aniqligi – segmentning asosiy xususiyatlari qo’shni segmentlar xususiyatlaridan aniq farqlanishi kerak.
Ochiqlik – ajratilgan segment zarur bo’lgan bozor axborotlarini yig’ish uchun ochiq bo’lishi kerak.
Kattaligi – firmaning daromadliligani ta’minlash uchun segment yetarli darajada katta bo’lishi kerak.
Tiniqligi – segmentda sotishning samarali usullarini ishlatish uchun u ochiq bo’lishi kerak.
Segmentlash jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarini kiritadi:
segmentasiyaning mumkin bo’lgan belgilarini aniqlash;
iste’molchilarni tadqiq qilishni o’tkazish (odatda, so’rov o’tkazish yo’li bilan);
segmentasiyaning “yaroqli” belgilarini aniqlash (belgining yaroqliligi u va iste’molchilar tavsiflari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik darajasi bilan aniqlanadi);
segmentlarga ajratish (odatda 5-6 tadan ko’p emac);
segment nomini izohlash (har bir segmentga muayyan marketingcha nom beriladi, masalan “novatorlar”, “konservatorlar” va shunga o’xshash);
muayyan ko’rsatkichlar bo’yicha segmentlarga baho berish.
7.2. Bozorni segmentlarga ajratish jarayoni. Bozor segmentini tanlash
Odatda segmentasiya jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi (7.1-rasm). Makrosegmentasiya deb nomlanadigan birinchi bosqichda «tovar bozori» aniqlanadi. Mikrosegmentasiya deb nomlanadigan ikkinchi bosqichda esa ilgari aniqlangan bozor ichida iste’molchilar segmentlari aniqlanadi.
7.1-rasm. Bozor segmeyatasiyasining asosiy belgilari
Geografik segmentasiya – geografik kartani qo’llashga asoslangan eng oddiy usul. Bu usulni aholining madaniy urfodatlarida va iqlimda farq bo’lganda qo’llash zarur. Geografik segmentasiya reklamani tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Geografik belgi bo’yicha segmentasiyalash bozorning har xil geografik zonalarga bo’linishini nazarda tutadi: davlatlar, shaharlar, tumanlar. Firmalar bitta yoki bir nechta geografik hududlarda faoliyat yuritish haqida qaror qabul qilishi mumkin, lekin geografiya bilan belgilanadigan ehtiyojlar va afzalliklarni hisobga olishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |