7-mavzu. 8-ma’ruza: bozor segmentasiyasi reja


Maqsadli bozor tushunchasi


Download 41.16 Kb.
bet6/8
Sana06.11.2023
Hajmi41.16 Kb.
#1750438
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-ma\'ruza. Bozor segmentasiyasi bi-121

7.4. Maqsadli bozor tushunchasi.
Maqsadli bozorni aniqlash marketing faoliyatida muhim tadbir bo’lib hisoblanadi. Maqsadli bozorni aniqlash tanlangan bozor segmentlarining ehtiyojlarini qondirish uchun va provardida tanlangan iste’molchilarning maqsadga erishish uchun qo’llaniladi. Maqsadli bozorni tanlash o’z ichiga quyidagilarni oladi:

  • bozorni segmentlash – buning yordamida bozor alohida guruhlarga ajratiladi (iste’molchilarning talabi, xoxishi, yoshi va hokazolarga qarab);

  • maqsadli bozorni tanlash – korxonaga shunday bir imkoniyatni yaratadiki, aniq maqsad asosida, tanlangan bozor segmentlarining ehtiyojini qondirish uchun ta’sir etish tushuniladi;

  • tovarni bozordagi o’rnini belgilash (pozisiyalashtirish) – tovarni bozorda, qat’iy raqobatbardosh hamda aniq belgilangan o’rnini ta’minlaydi.

Maqsadli bozorbu aniq bozor, unda firma marketing imkoniyatlarini to’laroq ro’yobga chiqarish uchun o’zining faoliyatini tashkil etadi. Maqsadli bozorlarni aniqlash jarayoni amaliy marketingda eng mas’uliyatli payt hisoblanadi. Bu yerda uchta yondashish aniqlangan: ommaviy, differensiallashgan va konsentrlashgan.
Ommaviy marketing hamma iste’molchilarning umumiy ehtiyojlarini afzal ko’rgan holda butun bozor ahvolidan xabardorlikni uyushtiradi va bu borada kuchini ommaviy talabli bo’lgan tovarlar sotish hajmini ko’paytirishga qaratadi. Bu yerda potensial iste’molchilarning ahamiyatli sonini jalb qilishga qaratilgan marketing strategiyalari ishlab chiqiladi. Chuqur marketing izlanishlarini olib borish zarurati yo’qolgani sababli marketingga bo’lgan xarajatlar ham nisbatan kam bo’ladi.
Differensiallashgan marketing ayrim segmentlarda, ayrim vaqtda har xil talablar va tavsiflarga ega bo’lgan ularning majmuilarida qo’llaniladi. Bu yerda iste’molchilarning talablarini to’laroq qondirish, bozordagi o’rinni kelajakda mustahkamlash maqsadida korxona tomonidan turli iste’molchilar guruhining ehtiyojlarini chuqurroq o’rganishga to’g’ri keladi, ya’ni chuqur marketing izlanishlarini olib borish, ayniqsa tovar assortimentini kengaytirish, reklama faoliyati, rag’batlantirish va sotish yo’nalishlarida. Bularning hammasi marketingga sarflangan xarajatlarni ko’paytiradi.

Download 41.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling