7-mavzu: Dars ta’limni tashkil etishning asosiy shakl Asosiy savollar
Download 35.61 Kb.
|
7-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
2-asosiy savolning bayoni:
Dars mashg’uloti o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalar egallashlarida ulkan ahamiyatga ega bo’lgan mashg’ulotlar shakli hisoblanadi. Unda o’qituvchi va o’quvchilar hamkorlikda faoliyat yuritadilar. O’qituvchi qanchalik faollik ko’rsatsa, o’quvchilar ham shu darajada ongli ishtirok etishlari zarur. Olimlar, ilg’or o’qituvchilar darsini ijodiy jarayon deb hisoblagan holda, uni doimiy takomillashib borishini ta’kidlaydilar. Har bir darsda mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedagogik merosiga murojaat qilish va undan foydalanmoq imkoniyatini izlamoq lozim. Turli-tuman fikr va mulohazalarni hisobga olgan holda har bir dars quyidagi umumiy didaktik talablarga javob berishi lozim: - dars mashg’uloti ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rejalashtirilgan bo’lishi; - dars mashg’uloti mustahkam g’oyaviy-siyosiy yo’nalishga ega bo’lishi; - dars mashg’uloti turmush, amaliyot bilan bog’langan bo’lishi; - dars mashg’uloti xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilishi; - dars mashg’ulotiga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tejab, undan unumli foydalanish; - dars mashg’uloti o’qituvchi va o’quvchilarning hamkorlikdagi faolligini ta’minlashi; - dars mashg’ulotida o’quv materiallarining mazmuniga oid ko’rsatmali qurollar, texnika vositalari va kompyuterlardan foydalanish imkoniyatini yaratish; - dars mashg’ulotlarini butun sinf bilan yoppasiga olib borish bilan har qaysi o’quvchining individual xususiyatlari, ularning mustaqilligini oshirish hisobga olingan bo’lishi; - dars mashg’ulotida mavzuning xarakteridan kelib chiqib, xalqimizning boy pedogogik merosiga murojaat qilish va undan foydalanish imkoniyatini izlash lozim. Nazorat savollari: Dars mashg’ulotida o’qituvchi va o’quvchilar hamkorligini izohlab bering. Dars mashg’ulotiga qo’yiladigan talablarni bayon qiling. Dars mashg’ulotini tashkil etishda o’qituvchining rolini asoslab bering. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil etish yuzasidan o’z fikr-mulohazalaringizni bildiring. Download 35.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling