7-mavzu: Dars ta’limni tashkil etishning asosiy shakl Asosiy savollar


Download 35.61 Kb.
bet2/6
Sana24.01.2023
Hajmi35.61 Kb.
#1116503
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-seminar

Identiv o’quv maqsadlari:
1.1. Ta’limni tashkil etish shakllari haqida fikrini bayon etadi.
1.2. Sinf-dars tizimini izohlaydi.
1.3. Ta’limni tashkil etishning asosiy va qo’shimcha shakllarini taqqoslaydi.


1-asosiy savolning bayoni:
Ta’limni tashkil etish shakllari turli davrlarda turlicha bo’lgan. XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy tarixda birinchi bo’lib maktab ta’limida sinf-dars tizimini yaratdi.
Sinf-dars tizimi sharq mamlakatlariga, jumladan Markaziy Osiyodagi eski musulmon maktablariga tatbiq bo’lmadi. Ularda oktyabr to’ntarishiga qadar o’rta asr maktablariga xos ta’lim tizimi davom etib keldi.
Sinf – yoshi va bilimi jihatidan bir xil bo’lgan ma’lum miqdordagi o’quvchilar guruhidir. Dars – bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’limiy mashg’ulotdir.
Dars (mashg’ulot) – o’quv-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy shakli.
Dars yoki mashg’ulot o’quv ishlarining markaziy qismi hisoblanadi.
Hozir maktablarimizda qo’llanilayotgan sinf-dars tizimi quyidagi tashkiliy shakllarda olib boriladi:
1. Har qaysi sinf yoshi va bilimiga ko’ra bir xil darajadagi bolalarning doimiy guruhiga ega bo’ladi.
2. Dars mashg’uloti asosan 45 daqiqaga mo’ljallangan bo’lib, qat’iy jadval asosida olib boriladi.
3. Dars mashg’uloti bevosita o’qituvchi rahbarligida jamoa va yakka shaklda olib boriladi.
4. Dars (mashg’ulot) o’tilayotgan material mazmuniga qarab xilma-xil usullarda olib boriladi, ta’lim tizimining bir qismi sifatida albatta tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o’zlashtirish uchun zamin yaratadigan qilib uyushtiriladi.
Ayni paytda, maktablarimizda ta’limni tashkil qilish shakllari ikki turda olib boriladi:
1. Sinf-dars shaklidagi olib boriladigan mashg’ulotlar.
2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar.



Download 35.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling