7-mavzu: Dars ta’limni tashkil etishning asosiy shakl Asosiy savollar
Download 35.61 Kb.
|
7-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 2-asosiy savol bo’yicha maqsad
- Identiv o’quv maqsadlari
1. Sinf-dars shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar o’qituvchining kundalik o’quv materialini tizimli bayon qilib berishni, xilma-xil usullardan foydalanishni, o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini izchillik bilan hisobga olib borishni, o’quvchilarni mustaqil ishlarga o’rgatishni o’z ichiga oladi.
2. Amaliy va tajriba ishlari shaklida olib boriladigan mashg’ulotlar sinf sharoitidan tashqarida, o’quv ustaxonasi, tajriba uchastkalari va maydonlarida ishlash, sayohatlar o’tkazish yo’li bilan olib boriladi. Ta’limning qo’shimcha shaklidan biri amaliy-tajriba mashg’ulotlaridir. Bu mashg’ulotlar sinf-dars tizimi shaklida olib borilmaydigan mashg’ulotlar turi bo’lib, u maxsus jihozlangan xona yoki alohida ajratilgan tajriba uchaskasida olib boriladi. Bu mashg’ulotlar ikki yo’l bilan olib boriladi: 1. Amaliy tajriba 2. Ekskursiya (sayohat) Ta’limning qo’shimcha shakllari seminar va amaliy tajriba mashg’ulotlari biror fanni chuqurroq o’rganish uchun yoki biror yangi sohani o’rganish uchun o’tiladigan qo’shimcha dars mashg’ulotlaridir. Nazorat savollari: 1.1.1. Turli davrlardagi olimlarning ta’limni tashkil etish yuzasidan qarashlarini o’rganib chiqing. 1.1.2. Sinf-dars tizimi muallifi, dars ta’limni tashkil etishning asosiy shakli sifatida ekanligini izohlang. 1.1.3. Ta’limni tashkil etishning qo’shimcha shakllari va ularning ahamiyatini aytib bering. 2-asosiy savol bo’yicha maqsad: talabalarga dars haqida to’la ma’lumot berish, unga qo’yiladigan asosiy talablarni tushuntirish. Darsning ijodiy jarayon ekanligini va unda o’qituvchi hamda o’quvchilarning o’rnini ko’rsatib berish. Darsni ijodiy tashkil etishga qiziqish hosil qilish. Identiv o’quv maqsadlari: 2.1. Dars mashg’ulotining o’qituvchi-tarbiyachi va o’quvchi (bola)larning hamkorligidagi faoliyat yuritish jarayoni ekanligini tushuntiradi. Dars mashg’ulotiga qo’yiladigan talablarga aniqliklar kiritadi. Dars mashg’ulotiga qo’yiladigan talablarning ahamiyatini izohlaydi. Download 35.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling