7-mavzu: Dars ta’limni tashkil etishning asosiy shakl Asosiy savollar
Download 35.61 Kb.
|
7-seminar
3-asosiy savol bo’yicha maqsad: talabalarga dars turlari va tarkibiy qismlari to’g’risida to’la ma’lumot berish. Har bir dars turidan namunalar keltirish va misollar bilan dalillash. Darsni tahlil qilishga va baholashga o’rgatish.
Identiv o’quv maqsadlari:3.1. Fanning o’ziga xos xususiyatlari va mavzuning mohiyatidan kelib chiqqan holda turli ko’rinishdagi darslar bo’lishini farqlaydi. 3.2. Dars mashg’uloti turlari va maqsadlarining uzviy bog’liqligini aniqlaydi. 3.3. Har xil dars mashg’uloti turlari rejalarini solishtirib ko’radi. 3-asosiy savolning bayoni: Sinf-dars shaklidagi dars mashg’uloti turlari va ularning tuzilishini quyidagicha izohlashimiz mumkin: Bir soatlik dars mashg’ulotiga mo’ljallangan dastur materiallarining mazmunini bayon qilish uchun didaktik maqsad va talabalarga muvofiq ravishda tashkil etilgan mashg’ulotlar – dars turlari deb yuritiladi. Ta’lim tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars turlari quyidagilardir: 1. Yangi bilimlarni bayon qilish darsi. 2. O’tilgan materiallarni mustahkamlash darsi. 3. O’quvchilarning bilim, malaka va ko’nikmalarini tekshirish va baholash darsi. 4. Takroriy-umumlashtiruvchi va kirish darslari. 5. Aralash dars (yuqoridagi dars turlarining bir nechtasi birga qo’llanilishi) Ma’lum bir dars turi bilan olib boriladigan mashg’ulotlarda ikkinchi, hatto uchinchi bir dars turining unsurlari bo’lishi mumkin. Masalan, maktablarimizda eng ko’p qo’llaniladigan dars turlaridan biri yangi bilimlarni bayon qilish darsidir. Bu dars turi quyidagicha tuziladi: a) yangi bilimlarni bayon qilish; b) yangi bilimlarni mustahkamlash; v) yangi bilimlar ustidan mashq qilish; g) yangi bilimlarga bog’liq holda uy vazifalarini topshirish. Demak, dars boshdan-oyoq bir dars turi bilan olib borilmaydi, balki shu darsda yangi bilimlarni bayon qilish bilan birga uni mustahkamlash, yangi bilimlar ustidan mashq o’tkazish uyga vazifa kabi boshqa unsurlarning bo’lishi ham mumkin. Shunga qaramay, darsdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarga yangi bilim berishga qaratilgan bo’lsa, butun didaktik usullar shunga bo’ysundiriladi. Shuning uchun ham bunday dars yangi bilim berish darsi deb ataladi. Ma’lum dars turi bilan ish olib borilayotganda boshqa bir unsurlari asosiy dars turidan o’rin olishi va ayni paytda asosiy dars turining tuzilishini tashkil qilishi mumkin. Demak, dars mashg’uloti tuzilishi u yoki bu dars mashg’uloti turining tuzilishini, uning qismlarini anglatadi. Download 35.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling