7 mavzu: Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari reja


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana21.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1218994
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari

Majburiy zaxira siyosati Markaziy bank pul-kredit siyosatining an‘anaviy 
instrumentlaridan biri hisoblanadi. Ushbu instrument dastlab tijorat banklarining 
kredit ekspansiyasini jilovlash maqsadida AQSH bank amaliyotiga joriy
qilingan edi. Hozirgi davrga kelib majburiy zaxira siyosati muomaladagi pul 
massasini tartibga solishning, milliy bank tizimining likvidliligiga Markaziy bank 
tomonidan ta‘sir etishning muhim, ta‘sirchan vositasiga aylandi. Majburiy 
zaxira siyosati kam sonli davlatlarda pul-kredit siyosatining instrumenti sifatida 
qo‗llanilmaydi
100
. Markaziy bank pul-kredit siyosatining instrumentlaridan 
foydalanish amaliyoti takomillashmagan mamlakatlarda, xususan, ko‗pchilik o‗tish 
iqtisodiyoti mamlakatlarida majburiy zaxira siyosatidan Markaziy bank pul-
kredit siyosatining asosiy instrumentlaridan biri sifatida foydalanilmoqda. 
Majburiy zaxira siyosati O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit 
siyosatining asosiy, an‘anaviy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, 
Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarining rivojlanmaganligi majburiy 
zaxira siyosatining ahamiyatini yanada oshiradi. Mamlakatimizda majburiy 
rezervlar meyorlarini belgilash O‗zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan 1994 – yil 1 – maydan boshlab amalga oshirib kelinmoqda. 
Bu ko‘rsatkich 15 % gacha tushdi va bu ko‘rsatkich 2007- yilga kelib 13 
% gacha pasaytirildi. Lekin 2008 yilda vujudga kelgan jahon moliyaviy – iqtisodiy 


101
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti 
www.cbu.uz 
ma‘lumotlari 
inqirozi tufayli yana 15 % ga ko‘tarildi. 2009 – yilga kelib jahon moliyaviy – 
iqtisodiy inqirozini bartarf etish barobarida pul – kredit siyosati sohasidagi 
islohotlarga ehtiyoj sezildi va shu sababli O‗zbekiston Respublikasi Markaziy 
banki tomonidan yaxshilangan va zamon talablariga javob beradigan to‘rt xil 
toifadagi guruhlash tizimi joriy etildi. 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling