7 mavzu: Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari reja


O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan qayta


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana21.02.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1218994
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Mavzu Inflyatsiya va unga qarshi kurashish yo‘llari

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan qayta 
moliyalashtirish stavkasi foizlari
98
Amal qilish muddati 
Foiz 
01. 01. 2015 dan hozirgacha 
9 % 
01. 01. 2014 dan 31. 12. 2014 gacha 
10 % 
01. 01. 2011 dan 31. 12. 2013 gacha 
12 % 
15. 07. 2006 dan 31. 12. 2010 gacha 
14 % 
21. 12. 2004 dan 14. 07. 2006 gacha 
16 % 
05. 07. 2004 dan 20. 12. 2004 gacha 
18 % 
10. 09. 2003 dan 04. 07. 2004 gacha 
20 % 
16. 07. 2003 dan 09. 09. 2003 gacha 
24 % 
01. 01. 2002 dan 15. 07. 2003 gacha 
30 % 
01. 07. 2000 dan 31. 12. 2001 gacha 
24 % 
01. 06. 2000 dan 30. 06. 2000 gacha 
27,6 % 
01. 05. 2000 dan 31. 05. 2000 gacha 
28,8 % 
01. 04. 2000 dan 30. 04. 2000 gacha 
30 % 
01. 01. 1998 dan 31. 03. 2000 gacha 
36 % 
01. 11. 1997 dan 31. 12. 1997 gacha 
30 % 
01. 01. 1997 dan 31. 10. 1997 gacha 
39,6 % 
01. 08. 1996 dan 01. 12. 1996 gacha 
48 % 
01. 07. 1996 dan 31. 07. 1996 gacha 
60 % 
01. 08. 1995 dan 30 . 06. 1996 gacha 
84 % 
01. 07. 1995 dan 31. 07. 1995 gacha 
120 % 
20. 03.1995 dan 30. 06. 1995 gacha 
300 % 
01. 02. 1995 dan 19. 03. 1995 gacha 
250 % 
01. 10. 1994 dan 31. 01. 1995 gacha 
225 % 
02. 05. 1994 dan 30. 09. 1994 gacha 
150 % 
Jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan qayta moliyalashtirish stavkasi 
mustaqilligimmizning dastlabki yillarida barcha o‘tish davridagi davlatlar kabi 
mamlakatda yuz bergan katta inflatsiya sabali yuqori stavkalarda belgilanishiga 
sabab bo‘lgan. Ma‘lumotlardan shunday fikrga kelish mumkinki yillar o‘tgan sari 
iqtisodiyotimizdagi kamchiliklar tobora bartaraf etib borilgani barcha sohalardagi 
tub islohotlar samarasi o‘laroq vujudga kelgan rivojlanishlar tufayli bu stavka ham 
98
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti 
www.cbu.uz 
ma‘lumotlari asosida tayyorlandi 


tobora ijobiy tomonga pasaytirib borilgan va 2015 – yil 1 – yanvardan 9 % etib 
belgilangan. Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi pul bozoridagi foiz 
stavkalarini boshqarish hamda iqtisodiy o'sish jarayonlarini rag'batlantirish 
maqsadlariga yo'naltirildi. Inflyatsiya darajasi, pul massasining va boshqa 
makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning maqsadli parametrlaridan kelib chiqib, qayta 
moliyalash stavkasi 2015- yilning 1-yanvaridan yillik 10 foizdan 9 foizga
tushirildi va yil davomida o'zgartirilmagan holda saqlab turildi. Markaziy
bankning qayta moliyalash stavkasi instrumentidan ham pul bozoridagi foiz 
stavkalarini boshqarishda hamda iqtisodiy o'sish jarayonlarini rag'batlantirish 
maqsadida keng foydalanildi. Inflyatsiya darajasi, pul massasi hajmining va 
boshqa makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning belgilangan maqsadli parametrlaridan 
kelib chiqib Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi 2012- yilda yillik 12 
foiz miqdorida saqlab qolindi. Qayta moliyalash stavkasining ushbu darajada 
ushlab turilishi pul bozorida moliyaviy resurslarga bo'lgan talab va taklifning 
muvozanatini saqlashga, real sektor korxonalarining investitsion imkoniyatini 
oshirishga, iqtisodiyotni kreditlash hajmini yanada kengaytirish va ayni paytda 
tijorat banklarining resurs bazasining barqarorligini ta'minlashga xizmat qildi. 
2016- yilda ham inflyatsiya darajasi 2015- yildagi kabi 5,5-6,5 foiz 
doirasida prognoz qilinayotganligini hisobga olib, qayta moliyalash 
stavkasini 9 foiz darajasida qoldirish ko'zda tutilmoqda. Qayta moliyalash 
stavkasining 

foiz 
darajasida 
saqlab 
qolinishi 
inflyatsiya 
darajasini 
belgilanayotgan prognoz ko'rsatkichlari doirasida bo'lishini ta'minlashga qaratilgan 
qat'iy pul-kredit siyosatini yuritish uchun qulay sharoit yaratadi. O'z navbatida, 
Markaziy bank, zarur hollarda, tijorat banklaridan xorijiy valyutalarni (AQSh 
dollari, evro, yapon ienasi va funt sterling) belgilangan muddat va almashinuv 
kursida qayta sotish sharti bilan, sotib olish (SVOP operatsiyalari) yoki xorijiy 
valyutalarni garovga olgan tarzda qayta moliyalash kreditlarini berish 
operatsiyalarini amalga oshirib boradi.
99
Respublikamiz tijorat banklarining yuqori 
likvidli qimmatli qog‗ozlarga qilgan investitsiyalarining miqdori darajasining juda 
past ekanligi Markaziy bankning lombard kreditlari hajmini sezilarli darajada 
oshirish imkonini bermayapdi. Ko‗pchilik xorijiy davlatlarda, shu jumladan, o‗tish 
iqtisodiyoti mamlakatlarining ko‗pchiligida yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlarga 
qilingan investitsiyalar tijorat banklari aktivlarining umumiy miqdorida sezilarli 
darajada yuqori salmoqni egallaydi. Demak, hozirgi davrda, O‗zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash siyosati doirasida amalga 
oshiriladigan 
diskont 
operatsiyalarining 
mavjud 
emasligi, 
lombard 
operatsiyalarining esa rivojlanmaganligi, bizning fikrimizcha, qisqa muddatli 
davriy oraliqlarda, Markaziy bankning tijorat banklariga beriladigan muddatli 
kreditlarining hajmini oshirish yo‗li bilan milliy ssuda kapitallari bozoridagi 
resurslar taklifiga va kreditlarning o‗rtacha bozor darajasiga ta‘sir etish 
zaruriyatini yuzaga keltiradi. Markazlashgan kreditlarning respublikamiz 
99 
2016 yilda pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siyosatning 2017 yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari


100
P.Salin ―International monetary system and the theory of monetary system‖ 2016, 217 page 
tijorat banklari kredit resurslarining umumiy hajmida juda kichik salmoqqa ega 
ekanligi, O‗zbekiston Respublikasi Markaziy bankining diskont siyosatining 
mavjud emasligi va uning 
lombard operatsiyalarining rivojlanmaganligi 
Markaziy bankning qayta moliyalash siyosatini 
takomillashmaganligidan, 
uning muomaladagi pul massasini tartibga solishdagi
ahamiyatining past 
ekanligidan dalolat beradi.
Mening fikrimcha, O‗zbekiston Respublikasi 
Markaziy bank i tijorat banklarini kreditlash hajmini oshirish yo‗li bilan bank 
kreditlarining foiz stavkalarining darajasiga real ta‘sir etishi va shu asosda 
ularning kreditlariga bo‗lgan
talabni
rag‗batlantirishi hamda 
tijorat 
banklarining joriy likvidlilik darajasini sezilarli darajada oshirishi lozim. Bu esa, 
pirovard natijada, so‗mning o‗rta va o‗zoq muddatli davriy oraliqlarda 
barqarorligini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan iqtisodiy muhitni yuzaga keltiradi. 
Ushbu o‗rinda tabiiy bir savol tug‗ilishi mumkin, ya‘ni Markaziy bankning 
qayta moliyalash siyosati orqali tijorat banklarining kredit emissiyasini 
rag‗batlantirilishi muomaladagi pul massasining keskin oshishiga va shuning 
asosida inflyasiyani kuchayishiga olib kelmaydimi, degan savol tug‗ilishi 
mumkin. Chunki buyuk M. Fridmenning pul-kredit konsepsiyasidagi muhim 
qoidalardan biri - tijorat banklarining kredit emissiyasini keskin oshishi 
muomaladagi pul massasining oshishiga va shuning asosida inflyasiyaning 
kuchayishiga olib keladi, degan qoida hisoblanadi. Ammo bizning fikrimizcha, 
M. Fridmenning ushbu qoidasi O‗zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi 
davrida o‗z isbotini topmaydi. Buning sababi shundaki, hozirgi davrda, 
respublikamizda milliy iqtisodiyotning bank kreditlari bilan ta‘minlanish 
darajasi nisbatan juda past. 

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling