7-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishI. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishI. Reja


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/12
Sana03.12.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1798214
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7-МАЪРУЗА

Soliq tizimidagi islohotlar. Davlatning soliq siyosati mazmunan keng va boshqa 
iqtisodiy-moliyaviy siyosat turlari bilan bog’langanligi uning murakkab jarayonlarni 
qamrab olishini ifodalaydi. Aslida soliq siyosatining yadrosini jamiyatda ishlab 


chiqilgan yalpi milliy (ichki) mahsulotning va yangidan yaratilgan qiymat-milliy 
daromadning qancha qismini davlat manfaatlari yo’lida markazlashtirilgan pul 
fondlari (asosan davlat byudjeti)ga jalb qilish masalasini hal etish yotadi. Mana shu 
masalaning hal etilishiga qarab fiskal va byudjet siyosatining yo’nalishlari 
aniqlanadi. Agar, davlat milliy daromadni qayta taqsimlashda iqtisodiyotni qo’llab-
quvvatlash maqsadida soliq yukini haddan tashqari kamaytirsa, u holda davlat 
byudjet siyosatini ham shunga moslashtirish zarur bo’ladi. O’z navbatida byudjet 
daromad manbalarini bilan shug’ullanuvchi fiskal siyosatning mazmuni ham shunga 
bog’liq bo’ladi. Agar davlat milliy daromadning byudjetga jalb qilinadigan qismini 
oshiradigan bo’lsa, u ishlab chiqarish sohasidagi takror ishlab chiqarish jarayonining 
holatiga, u yerdagi investision jarayonga ta’sir qilishi bilan 
birgalikda monetar, fiskal va byudjet siyosatiga ham ta’sir ko’rsatadi. 
Vazirlar 
Mahkamasining 
1991 
yil 
12 
avgustdagi 
«O’zbekiston 
Respublikasida Davlat soliq organlari haqida»gi qarori mamlakat hayotida 
muhim voqyea bo’ldi. Amalda shu qaror asosida O’zbekistonda eng zamonaviy 
shaklda, butunlay yangi tipdagi soliq tizimi yuzaga keldi. 12 avgust «Soliqchilar 
kuni» deb e’lon qilindi va u kasb bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi. 
O’zbekiston respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 yanvardagi «O’zbekiston 
Respublikasining 
davlat 
solik 
bosh 
boshqarmasini 
O’zbekiston 
Respublikasining soliq qo’mitasiga aylantirish to’g’risida»gi Farmoni soliq 
tizimini mustahkamlashda yangi bosqichni boshlab berdi. O’zbekiston soliq 
organlari 1991 yilda qabul qilingan «Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan 
olinadigan soliqlar to’g’risida»gi qonun, 1995 yil 22 dekabrda ushbu qonunga 
kiritilgan o’zgartirishlar, 2008 yilda yangi tahrirda qabul qilingan O’zbekiston 
Respublikasining “Soliq kodeksi” asosida ish yuritmoqda. Ushbu qonun 
hujjatlarida umumiqtisodiy hisoblangan soliqqa tortishning to’rt tamoyiliga 
asoslaniladi: 
1. Daromad manbalaridan qat’iy nazar, hamma daromadlarni soliqqa tortishning 
majburiyligi. 
2.. Mahalliy hokimiyatlar imkoniyatini hisobga olgan holda butun mamlakatda 
yagona umumdavlat soliq siyosatini olib borish. 
3.Korxonalar va tashkilotlar muhim ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik masalalarni hal 
etayotganligini hisobga olib, ularni manfaatdor qilish maqsadida imtiyozlar berish 
orqali soliqing manfaat keltiruvchilik rolini ta’minlash. 
1. Soliq to’lovchilar majburiyatlarining bajarilishi ustidan moliyaviy nazorat 
o’rnatish. Bu tamoyil soliq idoralarining bosh vazifasi bo’lib qolmoqda.
Tibbiyot, ta’lim va sport obyektlarini saqlash xarajatlari korxonalarning soliqqa 
tortiladigan bazasidan chiqarilib, savdoda ilgari to’lab kelingan uchta to’lov o’rniga 
esa yagona soliq to’lovi joriy etildi. Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida 
fuqarolarning yillik daromadlarini Deklarasiya qilish tartibi joriy qilindi.
2008 yildan keiyngi davrda ham mamlakatimizda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sohasi ham barqaror rivojlandi. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning soliq 
yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq 
to’lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009 yilda 7 foizga, keyinchalik ushbu 
ko’rsatkichning 5 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 


solig’i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining 
takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish 
uchun rag’batlantiruvchi omillar yaratdi.
2017-2021 yillarda O’zbeyekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida soliq solish tizimini izchillik 
bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini 
pasaytirish kabi vazifalar belgilangan. Oxirgi yigirma yil davomida davlat byudjeti 
prognoz ko’rsatkichlarining yillik oraliq farq ko’rsatkichlari o’rtacha 3–3,5 trln. 
so’mdan ortiq bo’lgan. O’z navbatida agar oxirgi 15 yillik davrda davlat byudjetiga 
soliq tushumlari prognoz ko’rsatkichlarining bajarilishga e’tibor beradigan bo’lsak, 
2012 va 2015 yillarda o’rtacha 0,8 %ga, 2011 yilda 5,4 %, 2014 yilda 5,1 %ga ortig’i 
bilan bajarilgan bo’lsa, 2017 yilda esa bu ko’rsatkich 11,7 %ga teng bo’lgan. 
Ta’kidlash joizki, bu jarayonda mustaqil byudjet tizimimizga ega bo’lgan davrdan 
buyon eng yuqori ko’rsatkich 2018 yilga tegishli bo’lmoqda, ya’ni davlat byudjetiga 
soliq tushumlarini prognozi 2018 yilda 62229,5 mlrd so’m qilib belgilangan bo’lsa, 
dastlabki rasmiy ma’lumotlarga ko’ra davlat byudjetining ijrosi 74500 mlrd so’mdan 
ortiq bo’lgan, bu esa qariyb 20 %ga ortig’i bilan bajarildi. Oxirgi ikki yildagi 
prognoz ko’rsatkichlarining yuqori bo’lishining asosiy sabablari sifatida 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyundagi «Mahalliy byudjetlarni 
shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlari vakolatlarini kengaytirish 
chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi farmoni, 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq 
ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy 
to’lovlarning yig’iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi, farmoni, 
2018 yil 29 iyundagi «O’zbekiston Respublikasining soliq siyosatini 
takomillashtirish konsepsiyasi to’g’risida»gifarmoni, 2018 yil 26 iyundagi PQ-
3802-son «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida»gi qarorlarida belgilab berilgan vazifalarning izchillik bilan 
amalga oshirilishi bo’yicha soliq ma’murchiligining yanada takomillashtirilishi va 
soliqlarni undirish mexanizmlarining soddalashganligini keltirish mumkin. 
2019 yil 1 yanvardan boshlab, xodimlar sonidan qat’i nazar, tovar aylanmasi 1 
milliard so’mdan yuqori bo’lgan subektlar umumbelgilangan soliq to’loviga o’tdi. 
Chunki yagona soliq to’lovchi bilan umumbelgilangan soliq to’lovchilar o’rtasida 
soliq yukidagi farq haddan tashqari yuqori bo’lib, bu kichik biznesning 
yiriklashuvini rag’batlantirmaydi. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling