Devoni arz (harbiy vazirlik) – lashkarga mo‘ljallangan maosh va ta’minot,
harbiylarning ro‘yxati, yangilanib turishi, harbiy qismlarning tarkibiy soni, ularga ketadigan
xarajatlarning turi va hajmi, ot-ulov, harbiy yurishlar paytidagi ta’minot, harbiylar ko‘rigini
tashkil etish kabi vazifalarini bajargan
3
.
Saljuqiylar hokimiyatida, ayniqsa Sulton Sanjar hukmronligi davrida hokimiyatda harbiy
sarkardalar katta o‘rin egallaganlar. Harbiy boshliqlar va sarkardalarning ko‘pchiligi turli urug‘
va qabilalardan (o‘g‘o‘z, turkman, xalaj, chig‘il va boshq.) chiqqan kishilardan bo‘lgan. Harbiy
sarkardalar tabaqasi o‘z ta’sirini Sulton Sanjar boshqarayotgan hokimiyatga o‘tqazib, ularning
3
Азамат Зиѐ. Ўзбек давлатчилиги тарихи. – Тщшкент, 2001. 128-130 бб
ixtiyori bilan ish tutishni talab qilganlar. Harbiy sarkardalarning mavqei Sulton Sanjarning
Qatvan cho‘lidagi mag‘lubiyatidan so‘ng yanada kuchayib ketgan edi.
Saljuqiylar davri mahalliy boshqaruv tizimida viloyat boshliqlari (voliylar) ham o‘z
devonlariga ega bo‘lganlar. Voliylarni oliy hukmdor tayinlagan va mansabidan olgan. Voliylar
butun viloyat hayoti bilan bog‘liq barcha sohalarga boshchilik qilganlar. Moliya, soliq, sud,
harbiy ishlar, jazo idoralari voliylar nazorati ostida faoliyat ko‘rsatgan. Tumanlar va shaharlar
miqyosidagi boshqaruv tizimi ham viloyatlarniki singari bo‘lgan.