bosh vazir-rais ur-ruaso (raislarning boshlig‘i), sa’id ur-ruaso (boshliqlarning kattasi) deb
atalib, u barcha devonlar faoliyatiga rahbarlik qilgan holda xazina, moliya, soliq, davlatga
tegishli bo‘lgan ishlab chiqarish muassasalari ishlarini nazorat qilgan.
Saljuqiylar boshqaruv tizimi dargoh va devonga bo‘lingan bo‘lib dargohdagi eng asosiy
xizmat va vazifalar quyidagilar edi:
Ulug‘ hojib – oliy hukmdorning eng yaqin kishisi, dargoh bilan devonlar o‘rtasidagi
aloqalarni muvofiqlashtirib turuvchi, rasmiy qabullarni uyushturuvchi amaldor;
Amiri horis – oliy hukmdor chiqargan jazolar hukmlarini ijro etish bilan shug‘ullanuvchi
amaldor;
Salohdor – saroydagi qurol-aslaha, ayniqsa oliy hukmdorga tegishli narsalarni saqlash
bilan shug‘ullanuvchi amaldor;
Xos vakil – dargoh ishlarini boshqaruvchi amaldor;
Jangdor – sulton va dargoh xavfsizligini ta’minlovchi amaldor. Undan tashqari oliy
hukmdor huzuridagi dargoh faoliyatini ta’minlashda jomador, sharobdor, choshnigir (sultonning
ovqatlanishiga mas’ul), sarhang, miroxo‘r, tashtdor kabi amaldorlar ham xizmatda bo‘lgan.
Saljuqiylar davlat boshqaruvidagi devonlar sulolaviy va rasmiy devonlarga bo‘lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |