7-mavzu. Qoraxoniylar davlati. G‘aznaviylar va saljuqiylar davlatlari reja


Qoraxoniylar davlati siyosiy tizimi


Download 296.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana08.01.2022
Hajmi296.41 Kb.
#248580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
7-мавзу (2) 8b0437f500fe21188cd8ae6d2807fc0b

 

Qoraxoniylar davlati siyosiy tizimi

1

 

 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

Qoraxoniylarda mulkchilik va harbiy tizim 

 

                                                 



1

 А.Сагдуллаев ва бошқ. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиѐти. – Тошкент: Академия, 2000. – 

102-103 бб. 

Хоқон, Хоқон-ул-хоқон, 

Қорахон, тамғачхон 

Элекхон 


Шайхулислом 

Даргоҳ 


Бош вазир 

Имом, Саййид, 

Садр, шайх, 

фақиҳ, қози, 

муфти, Мунши 

Улуғ ҳожиб, 

Мунши, 

Битикчи, 

Қушчи, Ошчи, 

Оғичи, Бирук, 

Тавочи 

Девони мустафий 

Девони мушриф 

Девони борид 

Девони амид 

Девони ушрот 

Девони вақф 

Волий бек 




 

 

Sug‘oriladigan hududlardagi qishloq aholisi qishloq jamoasi sharoitida yashar edi. Barcha 



ko‘rinishdagi  yerlardan  shariat  qonunlariga  binoan  davlat  xazinasiga  turli  soliqlar,  xiroj  va 

boshqalar olingan. Yerga yollanib ishlovchi kishilar – mardikorlar faoliyati ham saqlanib qolindi. 

Ular iqtadorlar va kichik yer egalari qo‘lida ma’lum shartlar asosida ishlaganlar. 

Qoraxoniylar davrida Movarounnahr, umuman, O‘rta Osiyoda  yer egaligi munosabatlari 

keng  ildiz  otgan  bo‘lsa-da,  lashkarboshilar,  amaldorlar  va    yirik  dindorlar  uylarida  qo‘llar  ham 

ishlagan. Bu o‘sha paytda «uy qo‘llari» saqlanib qolganligini bildiradi. 

Qoraxoniylar  O‘rta  Osiyoni  bosib  olganlaridan  so‘ng  bu  yerdagi  iqtisodiy-madaniy 

hayotda ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi, shaharlar taraqqiy etdi, hunarmandchilik, savdo-sotiq 

rivojlandi.  Shaharlar  rivojlanishi  bilan  shahar  aholisi  soni  ham  ko‘payib  bordi.  Somoniylar 

davridayoq  yirik  shaharlar  bo‘lgan  Samarqand,  Buxoro,  Termiz,  Marv,  Qoraxoniylar  davrida 

yanada  kengaydi.  Bu  shaharlar  endi  uch  qismli-ark,  shahariston,  rabotdan  iborat  shaharlarga 

aylandi. Ularda  yangidan-yangi hashamatli imoratlar paydo bo‘ldi. Bu imoratlar o‘z tuzilishi va 

naqshlari bilan ajralib turadi.   

Qoraxoniy  hukmdori  Shams-ul-Mulk  Buxoro  yaqinida  saroy  barpo  etdi  va  bundan 

tashqari  Hazara  qishlog‘i  yaqinida  Dingaron  masjidini  va  uning  yonida  Barati  Malik  nomi 

mashhur  bo‘lgan  karvonsaroy  qurildi.  Buxoro  shahrida  1127  yilda  Qoraxoniy  Arslonxon 

tomonidan  mashhur  imorat  –  Minorai  Kalon  barpo  etildi.  Vobkentda  XII  asr  oxirida  Buxoro 

sadri  Abdulaziz  II  tomonidan    qurilgan  minorani,  Jarqo‘rg‘onda  (Surxondaryo  viloyati) 

Qoraxoniylar  tomonidan  1108-1109  yillarda  bunyod  etilgan  minorani,  shuningdek  Buxorodagi 

Namozgohni va Attoriy masjidini alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. 

Qoraxoniylar  davrida  Samarqand  shahrida  ham  ko‘plab  binolar  barpo  etildi. 

Afrosiyobdagi arxeologik qazishmalar shundan dalolat beradi. Lekin, mug‘ullar istilosidan so‘ng 

bu binolar vayronaga aylandi.  

Termiz  shahri  XI-XII  asrlarda  ancha  rivojlandi,  yangi  mustahkam  mudofaa  devori 

qurildi, bu yerda barpo etilgan Termiz hukmdorlari saroyi ayniqsa mashhurdir. Bu saroyni qazib 

ochgan  arxeologlar  turli  idishlar  bilan  birga  afsonaviy  hayvonlar  tasvirlarini  ham  topishdi.  XI-

XII asr boshlarida Xorazmda ham ko‘pgina binolar  qad ko‘tardi. Urganchdagi Faxriddin  Roziy 

Хоқон  


Хоқон мулки 

Иқта 


мулки 

Вақф 


мулки 

Деҳқон 


мулки 

Жамоа 


мулки 

Хоқон  


Черик  

Сўбоши  


Минглик  

Хайлбоши  

Юзлик  

Човуш  


Ўнлик   

Ўнбоши 


шиҳна  


va  Shayx  Sharif  maqbarasini,  ko‘plab  karvonsaroylarni,  Buronqal’a,  Naifqal’a  va  boshqalarni 

aytib o‘tish mumkin. 

Shaharlar 

taraqqiyoti 

hunarmandchilikning 

rivojlanishiga 

ham 

olib 


keldi. 

Hunarmandchilik  taraqqiyoti  O‘rta  Osiyoning  foydali  qazilmalar,  xom  ashyo  manbalariga 

boyligi bilan belgilanadi. Hunarmandchilikning asosiy markazlari shaharlar edi. O‘rta Osiyoning 

turli  joylarida  olib  borilgan  arxeologik  qazishmalar  va  yozma  manbalardagi  ma’lumotlarga 

qaraganda XI-XII asrlarda shaharlar va ba’zi yirik qishloqlarda to‘qimachilik, kulolchilik, metall 

va shisha buyumlari ishlab chiqarish va boshqa hunarmandchilik turlari ancha rivojlangan. 

Xalq  amaliy  san’ati  –  me’morchilikda,  metall  va  sirli  sopol  idishlarda  o‘z  aksini  topdi. 

Ular turli-tuman naqshlar va tasvirlar bilan bezatilgan. Saqlanib qolgan  me’moriy inshootlar va 

arxeologlar  tomonidan  ochilgan  shaharlardan  olingan  ma’lumotlar  tasviriy  san’atning, 

naqshinkorlikning  o‘ziga  xos  yo‘ldan  rivojlanib  borganligidan  dalolat  beradi.  Me’moriy 

inshootlarda  kichik  g‘ishtlardan  chiroyli  qilib  chiqarilgan  naqshlar,  o‘yma  naqshlar,  turli 

geometrik  shakllar  bilan  bezatilgan.  Islom  ta’limotining  rasmiy  ta’qiqiga  qaramasdan  turli 

ko‘rinishdagi  tasvirlar  saroylarni  bezab  turgan.  Bu  davr  shaharlarining  yog‘och  o‘ymakorligi 

ham ancha rivojlangan. 

XI-XII  asrlarda  O‘rta  Osiyoda  tovar-pul  muomalasi  va  savdo-sotiq  ham  ancha 

rivojlanadi,  nafaqat  ichki  savdo,  balki  tashqi  savdo  ham  gullab-yashnadi.  Bu  o‘rinda  Xitoyni 

Volga  bo‘ylari,  Sharqdagi  musulmon  mamlakatlari  va  Vizantiya  bilan  bog‘lovchi  karvon 

yo‘llarining O‘rta Osiyo hududi orqali o‘tganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Bu yirik savdo 

yo‘llari O‘rta Osiyoning  yirik shaharlari –  Farg‘ona, Shosh, Samarqand,  Buxoro, Nasaf, Kesh, 

Termiz,  Urganch,  Marv  va  boshqalar  orqali  o‘tib,  ularning  savdo    markazlari  sifatidagi 

ahamiyatini  kuchayishiga,  davlatchilik  an’analarining  yanada  taraqqiy  etishiga  katta  ta’sir 

ko‘rsatgan. 

O‘rta  Osiyo  o‘rta  asrlar  davri  tarixida  200  yildan  ziyodroq  hukm  surgan  Qoraxoniylar 

sulolasi  o‘sha  davr  O‘zbekiston  xalqi  davlatchiligi  tarixida  ham  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘ldi. 

Tarixiy  ma’lumotlarga  ko‘ra,  hozirgi  O‘zbekistonning  deyarli  barcha  hududlari  Qoraxoniylar 

davlati  tarkibida  bo‘lgan.  Qoraxoniylar  sulolasining  o‘zbek  xalqi  davlatchiligi  tarixidagi 

ahamiyati  shundaki,  Qoraxoniy  hukmdorlari  davlat  boshqaruvining  ilgaridan  mavjud  bo‘lgan 

tizimi yoki tashkilotlari o‘rniga boshqacharoq, ya’ni, nisbatan qadimgi ko‘chmanchilar uslublari, 

qadimgi  turkiylar  an’analari  bilan  bog‘liq  boshqaruv  tartibini  joriy  etdilar.  Shu  bilan  birga 

Qoraxoniylar  hukmronligi  davri  o‘zidan  oldingi  mukammal  boshqaruv  tizimiga  ega  bo‘lgan 

Somoniylar  boshqaruvidan  o‘ziga  xos  bo‘lgan  iqta  (yer-mulkni  tortiq  qilish)  va  viloyatlarga 

bo‘lib boshqarish (elekxonlar) tizimi bilan ham ajralib turadi. 




Download 296.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling