7-mavzu. Qoraxoniylar davlati. G‘aznaviylar va saljuqiylar davlatlari reja
Download 296.41 Kb. Pdf ko'rish
|
7-мавзу (2) 8b0437f500fe21188cd8ae6d2807fc0b
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sayf ud-davla – «saltanat qilichi»
G‘aznaviylar davlati G‘aznaviylar davlati Movarounnahrdagi bosib olingan hududlarning cheklanganligi va nisbatan tarixan qisqa davr – Movarounnahrda bor-yo‘g‘i 40 yilga yaqin hukmronlik qilgan bo‘lsa-da, O‘zbekiston davlatchiligi tarixidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Chunki, G‘aznaviylar paydo bo‘lishi davri – X asr oxiri – XI asr boshlarida paydo bo‘lgan boshqa davlatlar - Saljuqiylar va Qoraxoniylar kabi o‘ta muhim tarixiy ahamiyat kasb etgan voqea – nafaqat Movarounnahr, balki butun O‘rta Osiyoda turkiy davlatchilikning o‘zil-kesil qaror topganligini ko‘rsatadi. Shu bois, ushbu paragrafda G‘aznaviylar davlatchiligi tarixi haqida qichqacha ma’lumot berib o‘tishni lozim topdik. Demak, G‘aznaning siyosiy markaz sifatida yuksalishi X asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. G‘aznaviylar sulolasining asoschisi Amir Nasiriddin ud-davla Sabuqtegin G‘oziy kelib chiqishiga ko‘ra turkiy qavmga mansub edi. Ayrim o‘rta asrlar manbalarida, xususan, XIV asrda yashab o‘tgan Muhammad Shabangaroyning «Majma al-ansab» nomli asarida berilishicha, Sabuqtegin Issiqko‘l bo‘yidagi hukmdori qarluq bo‘lgan Barsxon degan joyda tug‘ilgan. Yoshligida Sabuqtegin asir olinadi va to‘rt yil tuxsi qabilasida tutqunda bo‘lgach, uni Movarounnahrlik savdogarlarga sotib yuboradilar. V.V. Bartoldning fikriga ko‘ra, Sabuqteginni Somoniylar davlatining mansablar pog‘onasida ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Alptegin sotib
oladi. Alptegin 963 yilda vafot etgan paytda u sotib olgan qo‘l Sabuqtegin katta nufuzga ega edi. Uning vafotidan so‘ng G‘aznada navbati bilan Amir Is’hoq ibn Alptegin, Amir Bilgategin, Amir Piriy, Amir Sabuqteginlar hukmronlik qiladilar. 997 yilning boshida Sabuqtegin Somoniylar tomonidan G‘azna va uning atroflariga hokim etib tayinlanadi. Tarixiy manbalar Sabuqteginni G‘aznaviylar davlatining asoschisi sifatida ta’riflaydilar. 997 yilning oxirida Amir Sabuqtegin vafot etadi va uning kichik o‘g‘li Ismol taxtga o‘tirib bor yo‘g‘i 7 oy hukmronlik qiladi. 998 yilda o‘zining harbiy jasoratlari uchun Sayf ud-davla – «saltanat qilichi» degan faholi nomga sazovor bo‘lgan, Sabuqteginning ikkinchi o‘g‘li Mahmud G‘aznaviylar taxtiga o‘tiradi. Ko‘pchilik tarixiy-ilmiy adabiyotlarda Mahmud G‘aznaviy deb yuritilgan Abulqosim Mahmud hukmronligi davrida (998-1030 yy) G‘aznaviylarning qudrati va shuhrati ortib Buyuk G‘aznaviylar davlati barpo etildi. Mahmud hukmronligi davrida Xorazm, Xuroson, Seyiston, Qobul, G‘azna, Shimoliy Hindiston kabi viloyatlar G‘aznaviylar qo‘li ostida edi. Abulqosim Mahmud taxtga o‘tirgan yili xalifa Muqaddirdan Xurosonni boshqarish uchun yorliq hamda
Download 296.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling