7-mavzu. Qoraxoniylar davlati. G‘aznaviylar va saljuqiylar davlatlari reja


G‘aznaviylar davlat boshqaruvida mansablar va xizmatlar


Download 296.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/12
Sana08.01.2022
Hajmi296.41 Kb.
#248580
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
7-мавзу (2) 8b0437f500fe21188cd8ae6d2807fc0b

 

G‘aznaviylar davlat boshqaruvida mansablar va xizmatlar

2



 

                                                 

2

 Азамат Зиѐ. Ўзбек давлатчилиги тарихи. – Тошкент: Шарқ, 2001. – 113-123 бб. 




 

Saljuqiylar davlati 

O‘z  davlatini  barpo  etgan  ko‘chmanchi  xalqlar  davlatchiligi  tarixida  Saljuqiylar  davlati 

muhim  ahamiyatga  egadir.  Saljuqiylar  sulolasi  turkiy  o‘g‘o‘z  qavmining  qiniq  urug‘i  yoki 

qabilasidan  chiqqan  bo‘lib,  hozirgi  Janubiy  Qozog‘iston  hududlariga  to‘g‘ri  keluvchi 

Sirdaryoning  o‘rta  oqimidan  Talas  vodiysigacha,  Sirdaryoning  qo‘yi  oqimlarida  ko‘chib 

yuruvchi  etnik  guruhlar  bo‘lgan.  Manbalarning  ma’lumot  berishicha,  bu  sulolaning  paydo 

bo‘lishi  qiniq  qabilasi  vakili  bo‘lgan  Saljuq  nomi  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  u  X  asrning  o‘rtalarida 

Амир 


Девонлар 

Даргоҳ  


Ҳожиблик  

Вазир (бош вазир) 

девони 

Ҳарбий ишлар 

девони 

Расмий тадбирлар ва 

ҳужжатларни 

расмийлаштириш 

девони 

Ҳисоб китоб, молия 

девони 

Почта – хабарчи 

девони 

Сипоҳдор  

(сарой хизматчиси) 

Давотдор (Олий 

ҳукмдор ҳужжатлари, 

ѐзув-чизувига масъул 

хизматкор) 

Пардадор (сир сақловчи, 

яширин вазифаларни 

бажарувчи) 

Муртабадор (саройдаги 

ўрта даражадаги 

амалдор) 

Хазиначи  

Вилоят бошлиғи – 

волий  


Вилоят ижроя 

бошқарув ишлари – 

амид  

Шаҳар бошлиғи – 



раис  

Қалъа бошлиғи – 

шиҳна қутвол 

Сипоҳсалор 

(Бош қўмондон) 

Салор (юқори 

даражадаги ҳарбий 

лашкарбоши) 

Сарҳанг (ўрта 

даражадаги ҳарбий 

лашкарбоши) 

Ҳайл (бир неча ўн 

отлиқлар бошлиғи) 

Улуғ ҳожиб 

Сарой ҳожиби 

Навбатчи ҳожиб 

Ҳожиб - 

жомадор 



o‘g‘o‘zlar  Yabg‘usining  xizmatida  bo‘lib,  yirik  harbiy  unvon  –  «So‘boshi»  unvoniga  sazovor 

bo‘ladi. Bu haqda Mahmud Qoshg‘ariy «Saljuq So‘-boshi» deya ma’lumot beradi. 

X  asrning  61-62-yillarida  o‘g‘o‘zlar  Yabg‘usi  bilan  kelisholmaslik  tufayli  (musulmon 

dinini  qabul  qilish  va  qilmaslik  masalasida)  qiniq  qabilasi  ajralib  ketib,  ularning  bir  qismi 

Sirdaryoning quyi oqimlariga ko‘chib ketadilar. Ikkinchi, katta qismi esa Samarqand va Buxoro 

o‘rtasidagi  cho‘llarda,  Nurota  tog‘lariga  kelib  o‘rnashadilar.  XI  asrning  boshlaridan  boshlab 

qiniq qabilalarining o‘troqlashuv jarayonlari kuchayib boradi. 

Tadqiqotchilarning  ma’lumotlariga  ko‘ra,  1025  yilda  Movarounnahrdagi  Saljuqning 

nabiralari  Mahmud  G‘aznaviyga  murojaat  qilib  Shimoliy  Xurosonga  ko‘chishni  (4000  oila) 

so‘raydilar.  Mahmud  G‘aznaviyning  ruxsati  bilan  shu  yili  Saljuqning  nabiralari  boshliq  qiniq 

qabilalari Saraxs, Farova va Obivard atroflariga joylashib, bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va 

siyosiy  hayotga  tezda  aralashib  ketadilar.  Voqealarning  tahlili  shuni  ko‘rsatadiki,  Saljuqiylar 

bilan  G‘aznaviylar  o‘rtasidagi  munosabatlar  yildan-yilga  jiddiylashib,  oxir  oqibat  yuqorida 

eslatilgan  Dandanakon  jangi  kelib  chiqdi.  Bu  jangdan  so‘ng  Saljuqning  nabirasi  Tog‘rulbek 

Xurosonning  hukmdori  deb  e’lon  qilindi  hamda  siyosiy  tarixda,  G‘arbiy  Osiyoda  Saljuqiylar 

sulolasi rasman tashkil topdi. 

XI  asrning  40-yillaridan  boshlab  Saljuqiylar  Xuroson,  Gurgon,  Dehiston  va  Xorazmni 

butunlay qo‘lga kiritib, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Kavkazorti va Kichik Osiyoga harbiy yurishlar 

uyushtirdilar. Ayniqsa, Sulton Alp Arslon (1063-1072 yy) va Sulton Malikshoh (1072-1092 yy) 

hukmronligi  davrida  Saljuqiylar  davlatining  hududlari  yanada  kengayib,  mamlakatning 

yuksalgan  davri  bo‘ldi.  Sulton  Malikshoh  davrida  Samarqand,  Buxoro  va  markazi  O‘zgand 

bo‘lgan  Farg‘ona  ham  Saljuqiylar  davlatiga  buysunadi.  1092  yilda  Sulton  Malikshoh  vafot 

etgach uning vorislari o‘rtasida toj-taxt uchun kurash avj olib ketdi. Bir necha yillik kurashlardan 

so‘ng 1118 yilda Malikshohning o‘g‘li Sulton Sanjar (1118-1157 yy) taxtni egallashga muvaffaq 

bo‘ldi. 

Buyuk  Saljuqiylar  sulolasining  so‘nggi  yirik  vakili  bo‘lgan  Sulton  Sanjar  davrida 

davlatning 

poytaxti 

Marv 

shahriga 



ko‘chirildi.  Sulton  Sanjar  Movarounnahrdagi 

Qoraxitoylarning  ichki  ishlariga,  siyosatiga  katta  ta’sir  o‘tkaza  olishga  erishgan  Saljuqiylardan 

edi.  U  hokimiyatni  qo‘lga  olishi  bilanoq  harbiy  yurishlarni  kuchaytiradi.  Natijada  bir  qancha 

viloyatlar,  xususan,  Mozandaron,  Xorazm,  Seyiston,  G‘azna  va  Movarounnahr  Saljuqiylar 

davlatiga  buysundiriladi.  Manbalarning  ma’lumot  berishicha,  Sulton  Sanjar  «Ulug‘  sulton», 

«Sultonlarning sultoni», «Shahanshoh» kabi unvonlar bilan ulug‘langan. 

Ta’kidlash lozimki, Saljuqiylar davlati singari ulkan hududlarni o‘z ichiga olgan davlatni 

yagona  markazdan  turib  boshqarish  oson  emas  edi.  Shuning  uchun  ham  markazdan  turib 

boshqaruvdagi  qiyinchiliklar,  sulola,  vakillarining  toj-taxt  uchun  kurashlari,  mahalliy 

hukmdorlarning  mustaqillikka  intilishlari,  qaram  o‘lkalardagi  norozilik  harakatlari  Saljuqiylar 

davlatining  zaiflashuviga  sabab  bo‘lgan  edi.  Natijada  Sulton  Sanjar  davriga  kelib  Saljuqiylar 

davlatining  g‘arbiy  Iroq  qismida  uning  ta’siri  pasayib  qoladi.  Mamlakatning  sharqiy  qismi  – 

Eron, Afg‘oniston, Xorazm va Movarounnahrda Sultonning ta’siri birmuncha kuchli edi. Ammo, 

1141  yilda  Sulton  Sanjar  va  uning  vassali  hamda  ittifoqchisi,  Qoraxoniy  Mahmudxonning 

birlashgan  qo‘shinlari  bilan  qoraxitoylar  o‘rtasida  Samarqand  yaqinidagi  Qatvon  cho‘lidagi 

jangda Sulton Sanjar qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi. Natijada Movarounnahr qo‘ldan ketib, 

sultonning mavqei ancha pasayib ketdi. 

Saljuqiylarning  mag‘lubiyatidan  Xorazmshoh  Qutbiddin  Muhammad  Otsiz  ustalik  bilan 

foydalanib,  1141  yilning  qishida  Saljuqiylarning  poytaxti  Marvni  bosib  oldi  va  1142  yilda 

Nishopurga yurish qildi. Lekin, Sulton Sanjar Xorazm qo‘shinlarini Xurosondan quvib chiqardi 

va  Otsizni  yana  o‘ziga  bo‘ysundirishga  erishdi.  Sulton  Sanjarning  harakatlariga  qaramay, 

Saljuqiylar  davlati  o‘zining  avvalgi  qudratini  yo‘qota  boshlagan  edi.  Saljuqiylarga  hal  qiluvchi 

zarbani Balx va Xuttalon viloyatlarida  yashovchi G‘o‘z qabilalari berdi. 1153  yilda ular Sulton 

Sanjar  qo‘shinlarini  tor-mor  etib,  uning  o‘zini  asir  oldilar.  G‘o‘zlar  himoyasiz  qolgan  Marv  va 

Nishopur  shaharlarni  talon-taroj  qilib,  o‘t  qo‘ydilar.  Sulton  Sanjar  1156  yilda  asirlikdan 



qochishga  muvaffaq  bo‘lsa  ham,  lekin  Saljuqiylar  davlatini  tiklay  olmadi  va  bir  yildan  keyin 

vafot etdi.  

A.  Ziyo  tadqiqotlariga  ko‘ra,  Saljuqiylar  davlat  boshqaruvi  o‘ziga  xos  edi.  Davlat 

boshlig‘i,  oliy  hukmdor  Saljuqiylar  xonadoni  vakili  bo‘lib  Sulton  ul-a’zam  unvoniga  ega 

bo‘lgan.  Ilgarigi  sulolalarda  bo‘lgan  kabi,  Sulton  nomiga  xutba  o‘qilib,  tangalar  zarb  etilgan. 

Mol-mulk,  yer-suv  taqsimlash  davlat  va  boshqaruv  mansablariga  tayinlash,  davlat  kirim-

chiqimlarini  nazorat  qilib  turish,  amaldorlar  va  xizmatkorlar  faoliyatini  nazorat  qilish,  yangi 

qal’alar, shaharlar, hashamatli inshootlar qurishga boshchilik qilish kabilar sultonning zimmasida 

bo‘lgan. 

Saljuqiylar  boshqaruv  tizimida  bosh  vazir  alohida  mavqega  ega  bo‘lgan.  Manbalarda 




Download 296.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling