7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa


Deduktiv xulosa chiqarishning umumiy tavsifi


Download 197.23 Kb.
bet24/49
Sana05.11.2023
Hajmi197.23 Kb.
#1750031
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49
Bog'liq
7.мавзу мантиқ

2. Deduktiv xulosa chiqarishning umumiy tavsifi
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati – unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Tabiiy tilda deduktiv xulosa chiqarish turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish simvolik mantiqda quyidagicha ifodalanadi: XSP ,YSP, bunda X va Y oddiy qat’iy mulohazalarni (A, E, I, O), S va P lar esa mulohazalarning subyekti va predikatini ifodalaydi. XSPxulosa asosi yoki antesedent, YSP – xulosa yoki konsekvent, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni subyekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
I. Aylantirish (lot. – obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi. Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir bo‘ladi, ya’ni avval asosning predikati, keyin bog‘lovchisi inkor etiladi. Buni quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
S-P xulosa asosi S - Pdir
ù (S-ù P) xulosa S – P mas (siz) emas

Inkor qilish jarayonida -ma; -siz; -mas kabi qo‘shimchalar yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo‘lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat’iy mulohazalarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi. Xulosa asosi bo‘lgan mulohaza xulosada quyidagicha ifodalanadi:









Xulosa asosi




Xulosa

1

A

Hamma S-P

E

Hech bir S-Psiz emas

2

E

Hech bir S-P emas

A

Hamma S emas P dir

3

I

Ba’zi S-P

O

Ba’zi S-P siz emas

4

O

Ba’zi S-P emas

I

Ba’zi S emas P dir

Aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda “biror nimaning qo‘sh inkori uning tasdig‘i bilan tengdir” degan qoida amal qiladi.


Masalan:
1. A. Hamma ilmiy qonunlar obyektiv xarakterga ega.
E. Hech bir ilmiy qonun subyektiv xarakterga ega emas.

Download 197.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling