7-mavzu. Tafakkur shakllari: tushuncha, hukm va xulosa
TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR
Download 197.23 Kb.
|
7.мавзу мантиқ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-bob. XULOSA ChIQARISh NAZARIYASI Xulosa chiqarishning mohiyati va turlari
- Xulosa chiqarish
- Mantiqiy ergashish tushunchasi
TAKRORLASh UChUN SAVOLLAR
Mulohazaning ta’rifini aytib, unga xos muhim belgilarni ajrata olasizmi? Mulohaza chin bo‘lishi uchun qanday talablarga javob berishi kerak? Oddiy mulohazalar qanday turlarga bo‘linadi? Mulohazalarda terminlar hajmini aniqlash nima uchun zarur? Murakkab mulohazalar qanday tuzilishga ega? Murakkab mulohazalarning turlarini qanday farqlaysiz? Mulohazalar qanday inkor qilinadi? Qanday mulohazalar taqqoslanadigan mulohazalardir? Qanday modal so‘zlarni bilasiz? Norma (me’yoriy qoida) modal mantiqning qaysi yo‘nalishida o‘rganiladi? 9-bob. XULOSA ChIQARISh NAZARIYASI Xulosa chiqarishning mohiyati va turlari Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo‘ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi. Xulosa chiqarish – bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqaruvchi shakldir. Xulosa chiqarish asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o‘tish jarayonidan tashkil topadi. To‘g‘ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalardan iborat bo‘lishi, o‘zaro mantiqan bog‘lanishi kerak. Mantiqiy ergashish tushunchasi – xulosa asoslari bilan ulardan keltirib chiqarilgan xulosa o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Bu mantiqning fundamental, dastlabki tushunchalaridan biri bo‘lsa ham, uning aniq, universal ta’rifi yo‘q. Mantiqiy ergashishning o‘ziga xos tomoni shundaki, u chin mulohazalardan faqat chin xulosalarga olib keladi. Agar chindan yolg‘onga qarab xulosa qilinadigan bo‘lsa, unda mulohazalar o‘rtasidagi mantiqiy ergashish munosabati o‘z ma’nosini yo‘qotadi. Shuningdek, mulohazalar chin bo‘lsa, lekin o‘zaro mantiqan bog‘lanmagan bo‘lsa, unda ham mantiqiy ergashish munosabati ma’noga ega bo‘lmaydi. Masalan, Arastu – mantiq fanining asoschisi va Platon yunon faylasufidir degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Chunki bu mulohazalar o‘rtasida mantiqiy aloqadorlik yo‘q. Xulosa asoslari va xulosa ham o‘zaro mantiqan bog‘langan bo‘lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo‘ladi. Bu qoidalar buzilsa, to‘g‘ri xulosa kelib chiqmaydi. Masalan, “Talaba A – a’lochi” degan mulohazadan “Talaba A – odobli”, deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko‘ra, aniqrog‘i, xulosa chiqarish qoidalarining qat’iyligiga ko‘ra hamda xulosa asoslarining soni va fikrning harakat yo‘nalishiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo‘nalishi bo‘yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo‘lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to‘liq induksiya’ni hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarishning bir turi sifatida o‘rganilishi mumkin. Download 197.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling